

Bugun 33 yoshli angliyalik futbolchi Millatlar ligasi doirasida Xorvatiyaga qarshi kechgan o'yinda (2:1) 64-daqiqada penaltini golga aylantirdi.
Ushbu gol Keyn uchun Angliya terma jamoasi safidagi 92-gol bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha u Levandovskini quvib etdi va erkaklar o'rtasidagi xalqaro futbol tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida u bilan oltinchi o'rinni bo'lishib oldi.
Reytingni portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (146 gol) boshqarib bormoqda. Keyingi o'rinda argentinalik Lionel Messi (126) joylashgan.
Qayd etish joizki, Xorvatiyaga qarshi bahs Keyn uchun Angliya terma jamoasi tarixidagi 126-o'yin bo'ldi. Forvard Piter Shiltonning milliy jamoa safidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordini (125) yangiladi.



