Qozog'iston klubi o'zbekistonlik futbolchilar transferini elon qildi Yangiliklar

Qozog'iston klubi o'zbekistonlik futbolchilar transferini elon qildi

Teglar :  Turon
Qozog'istonning "Turon" jamoasi matbuot xizmati bir necha futbolchilarning transferini elon qildi.

Ularning orasida o'zbekistonliklar va o'zbek futbolida o'ynab ketgan futbolchilar ham bor.

Klub  chap qanot himoyachisi Xurshid Muxtorov va markaziy yarim himoyachi Behruzbek Asqarovni o'z tarkibiga qo'shib oldi.

1994 yilda tug'ilgan Muxtorov "Neftchi"dan, 2003 yilda tavallud topgan Asqarov esa "Paxtakor"dan yangi jamoasiga borib qo'shildi.

Shuningdek, o'tgan mavsum davomida "Andijon" tarkibida harakat qilgan Vasiliy Sovpel hamda Luka Zgurskiy ham Qozog'iston jamoasiga o'tdi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика