Roy Kin Brunu Fernandesh sardorligi haqida: "U biz kutgan sardor emas, iqtidorli bo'lishning o'zi kamlik qiladi"
27 fev 20:02
Yangiliklar


Roy Kin Brunu Fernandesh sardorligi haqida: "U biz kutgan sardor emas, iqtidorli bo'lishning o'zi kamlik qiladi"
"U biz kutgan sardor emas. Jamoa haqida gapiradigan bo'lsam, tarkib tanlash borasida ham o'ylab ko'rish kerak, jamoa o'yiniga biroz tezlik, kurashuvchanlik qo'shish zarur.
"Everton" bilan durang o'ynab, ular [natijaga reakciyasi] xuddi kubok yutganlarnikidek bo'ldi. Bu juda g'alati holat. Men o'yinlarda uchratadigan muxlislar ham Brununi ko'klarga ko'tarishadi. Ularga qararkanman: "Lanati firibgarlar", - degan fikr keladi.
Jamoa ligada 15-o'rinda, u esa jamoani qutqarmoqda. Iqtidorning o'zi etarli emas. Brunu iqtidorli, gap yo'q, lekin buning o'zi kamlik qiladi. O'yinchilarni ortidan ergashtira oladigan futbolchi kerak. Futbolchilar birinchi navbatda ko'zgudagi akslariga qarab, qaysi klub safida to'p tepayotganini his qilishi kerak", – dedi MYU sobiq sardori "The Overlap" podkastida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ўзини худдики Аргентинанинг Марадонаси деб хис қилса керакда.