Ruben Amorim: "MYU futbolchilari tanqidni ko'ngliga yaqin olib yuboryapti"
27 fev 15:06
Yangiliklar


Ruben Amorim: "MYU futbolchilari tanqidni ko'ngliga yaqin olib yuboryapti"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim tanqidiy fikrlar "qizil iblislar"ga juda qattiq tasir qilayotgani haqida gapirdi.
"MYU futbolchilari OAV tomonidan bo'layotgan bosim va muxlislar kutayotgan natijalar tufayli kuchli bosimda qolmoqda. Salbiy natija qayd etilsa, OAV va jamoatchilik tomonidan "tanqid toshlari yog'dirilmoqda", bu esa jamoa uchun qo'shimcha asabiy vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Keyin ular maydonga qaytib, kerak bo'lmagan variantda vaziyatni o'nglashga urinishmoqda – bazida keragidan ko'p o'ylab yuborishmoqda va umumiy harakatlar ham kerakli ko'rinishda bo'lmayapti. Ular tanqidni ko'ngliga yaqin olib yuboryapti va buning oqibatida vaziyatni engib o'tishi qiyin bo'lyapti".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar