So’nggi yangiliklar

12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  0 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1

O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi Yangiliklar

O'zPFL 4 klubning U21 jamoasi uchun maydonini qabul qilmadi, 1-turdagi 1 o'yin o'tkazilmaydi

20 fevral kuni U21 chempionati haqida material elon qilingan bo'lib, unda Superliga klublari rahbariyatidan reglament talablariga diqqatli bo'lish so'ralgandi.

Shuningdek, ularga “Superliga va Proliga reglamenti”ning 5.4 hamda 5.5-bandlarini o'qib chiqish tavsiya etilgandi. 

7 mart kuni Superliga yangi mavsumi start oladi. Tabiiyki, asosiy o'yinlardan bir kun o'tib U21 jamoalari maydonda ko'rinish beradi. Zaxira jamoasi maydoni uchun talab aslida katta emas. Uning parvarishi uchun xarajat ko'payib ketmasligi uchun, U21 jamoasiga ajriq bilan qoplangan stadionda to'p surishi uchun ruxsat etilgan. 

Liganing stadionlar uchun javobgar mutaxassislari o'tgan vaqt davomida U21 jamoalari to'p tepishi rejalashtirilgan maydonlarni o'rganib chiqdi. "Nasaf", "Bunyodkor" va "Surxon" klublari bu masalaga jiddiy etiborda bo'lib, ularning zaxira maydonlari doimiy parvarishda, sifatli o'yin uchun sharoit etarli. "Paxtakor" va "Andijon" klublari bu borada tamirlash ishlarini olib bormoqda. 

OKMK, "Buxoro", "Neftchi", "Sho'rtan", "So'g'diyona", "Mashal" kabi klublarning zaxira jamoalari maydonlarini Liga shartli ravishda qabul qildi. Biroq mana shu klublar rahbariyatidan zaxira maydonlariga jiddiy etibor qaratish va ularning holatini yaxshilash so'raladi. 

"Qo'qon-1912", "Qizilqum", "Xorazm", "Navbahor", "Dinamo" klublari U21 jamoasi uchun taqdim etgan maydonlar Liga tomonidan o'yinlar uchun qabul qilinmadi. Ularda qayd etilgan kamchiliklar bartaraf etilguniga qadar, Liga reglament bandlari bo'yicha chora ko'rishda davom etadi. Faqatgina Qo'qon-1912 klubi belgilangan muddatning so'nggi kunida Yaypandagi O'zbekiston stadionini ro'yxatdan o'tkazishga ulgurgani uchun, mazkur klubning zaxira jamoasi Turon maydonidan foydalanib turadi. Samarqand, Xorazm, Navoiy shaharlarida esa afsuski U21 jamoasi o'yinlarini o'tkazishi mumkin bo'lgan boshqa maydon mavjud emas. Navbahor klubi rasmiylarining Liga musobaqalari va talablariga bo'lgan munosabati alohida mavzu bo'lib, Liga ularning o'z vazifasiga professional yondashishini bir necha yildan buyon kutib keladi. 

Shundan kelib chiqib, "Navbahor" U21 — "Dinamo" U21 o'yini uchun Liga o'z rasmiylarini yubormaydi va mezbon klubga texnik mag'lubiyat yozadi. Har ikki klub o'zaro kelishgan holda o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Shuningdek, raqib jamoaning zaxira maydonlari talabga javob berganidan kelib chiqib, Qizilqum va Xorazm o'rinbosarlari o'z uchrashuvini raqib maydonida o'tkazadi. Mazkur taklif rad etilsa, ularga ham texnik mag'lubiyat yoziladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика