So’nggi yangiliklar

15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  0 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  5 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  11

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz hech kimdan qo'rqmaymiz, yaxshisi boshqalar bizdan qo'rqsin" Yangiliklar

Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Biz hech kimdan qo'rqmaymiz, yaxshisi boshqalar bizdan qo'rqsin"

Saudiya Arabistoni terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida O'zbekiston bilan bitta guruhdan joy olgan.

Malumki, shu yilning iyul oyida Erve Renar Saudiya Arabistoni terma jamoasi yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. OFK rasmiy saytiga qisqacha intervyu bergan franciyalik mutaxassis raqiblarini hurmat qilishini, biroq Saudiya Arabistoni terma jamoasining maqsadi guruhdan chiqish ekanini aytib o'tdi. 

- "Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiy etib tayinlanishim men uchun katta baxt. Bu mening Osiyoga ilk tashrifim va bu erda ham Afrikadagi kabi zafar quchishni xohlayman. Men bir nechta uchrashuvlarni va futbolchilarni kuzatdim. Hozir biz uchun eng muhimi saralash o'yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rish". 

- "Afrika va Osiyo jamoalari o'rtasidagi farqni aytish birmuncha qiyin. CHunki har bir jamoaning alohida xarakteri bo'ladi. Men Afrikada ishlab ko'p jamoalarni o'rgandim, lekin Osiyoda endi tanishaman. Qishda o'tkazilgan Osiyo Kubogini kuzatishga muvaffaq bo'ldim. Saudiya Arabistoni ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib, shunga amin bo'ldimki, bu jamoa yanada ko'prog'iga erisha oladi. Mana men nima uchun bu erga kelganman". 

- "To'g'risini aytsam, JCH saralash bosqichini ikkinchi yo uchinchi raundga bo'layotganim yo'q. Maqsadimiz bitta: yakunda jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi rahbari bilan gaplashganimda oldimda bosh jamoani mundialga olib borish vazifasi turganini aytdi". 

- "Men avvalambor futbolchilarga o'z kuchlariga bo'lgan ishonchni o'rgatishim kerak. Bu esa murabbiy uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Sentyabr oyidan boshlanadigan saralash bahslari davomida futbolchilar kuchga to'la va ishtiyoqqa boy holatda bo'lishadi". 

- "Men O'zbekiston terma jamoasini bilaman, chunki Marokashni boshqargan paytim bu jamoaga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda O'zbekiston iliq taassurot qoldirgandi. Birinchi o'yinni Yamanga qarshi o'tkazamiz, start yaxshi bo'lishi uchun bu jamoani mag'lub etishimiz shart. Biz hech bir raqibdan qo'rqmaymiz, o'z kuchimizga ishonamiz. Yaxshisi boshqalar Saudiya Arabistonidan qo'rqqani maqul", - deydi franciyalik murabbiy. 

Malumot uchun, Erve Renar 2012 yil Zambiya va oradan uch yil o'tib Kot-D'Ivuar terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida oltin medallarni qo'lga kiritgan.

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика