So’nggi yangiliklar

02:06Биринчи лига. "Пахтакор-Фарм"дан 9:1, "ТерДУ"дан 8:1, пойтахт дербисида дуранг ва бошқа натижалар  0 02:05ЕЧЛ. "Буде Глимт" ва Кипр клуби лига босқичига йўлланмани қўлга киритди  0 01:56U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор" йирик ҳисобда ютқазди, Андижонда голлар шоуси ва бошқа натижалар  0 01:01Камолиддин Тожиев: "Пахтакор ўз олдига доим олий мақсадни қўяди. Кубок ва Суперлигада охиргача курашамиз"  4 00:29Тарих яратилди! "Қайрат" пенальтилар сериясида "Селтик"ни мағлубиятга учратиб ЕЧЛ лига босқичига йўл олди!  37 00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  2 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  3 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  54 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   1 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4

Sardor Mirzaev: "Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish" Yangiliklar

Sardor Mirzaev: "Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish"

Xabaringiz bor, O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib boryapti.

"Temiryo'lchilar" Antaliya yig'ini doirasida hozircha ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Jamoa ushbu mavsum hisobidan ilk rasmiy o'yinini 23 fevral kuni O'zbekiston Superkubogi uchun kechadigan bellashuvda AGMKga qarshi o'tkazadi.

Bu o'yinga, qolaversa butun mavsumga tayyorgarlik qanday ketayotganini bilish maqsadida jamoa etakchilaridan biri Sardor Mirzaevga yuzlandik.  

- Sardor, yangi mavsumga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Tayyorgarlik yaxshi bo'lyapti. O'tgan mavsumdan keyin jamoamizda bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Bazi futbolchilar ketib, o'rniga yangilar kelib qo'shildi. Endi bu - futbol, o'zgarishlar har doim bo'lgan. Yangi yildan so'ng dastlabki yig'inni Dubayda tashkil qilgandik. Bunda bazi futbolchilar yo'q edi, hozir esa hamma jamoa safida birgalikda mashg'ulot o'tkazyapti.

- Turkiya yig'inida asosiy etibor nimalarga qaratilyapti?
- Dubaydagi yig'inda ko'proq jismoniy tayyorgarlik ustida ishlagandik, bu erda esa asosan taktika bo'yicha mashg'ulotlar olib boryapmiz. O'rtoqlik o'yinlari orqali bir-birimizni tushunishga harakat qilyapmiz.

- "Lokomotiv" hozircha Antaliyada ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. SHu o'yinlar haqida fikringiz?
- Bu erda avvaliga Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi, undan keyin Qozog'istonning "Astana" klubi bilan kuch sinashib ko'rdik. Har ikkala bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Yaxshi bilasiz, o'rtoqlik o'yinlarida natija unchalik muhim emas. Asosiy etibor jamoa o'yini sifatini oshirishga qaratilgan. Har ikkala bahsda taktik futbol ko'rsatishga harakat qildik.

- Jamoa mavsumga qanchalik tayyor deb o'ylaysiz?
- Buni rasmiy bellashuvlar boshlangach bilib olamiz. Joriy yil hisobidan ilk rasmiy uchrashuvni O'zbekiston Superkubogi doirasida 23 fevral kuni AGMKga qarshi o'tkazamiz. SHu o'yinni ham o'z foydamizga hal etishga harakat qilamiz. Undan keyin oldinda Osiyo chempionlar ligasi va ichki bellashuvlar kutib turibdi.

- Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?
- SHuni aytishim mumkin, jamoadagi hamma bor kuchi bilan harakat qilyapti. Muhimi, yangi futbolchilar tezda "Lokomotiv"ga moslashib ketishdi. Tarkibimizda yangilardan Aziz Haydarov, Arslonmurod Omonov, Yovan Jokich, Filip Rayevac, Javohir Ilyosov, Jamshid Iskaderov, Davron Hoshimov kabi futbolchilar mashg'ulot olib boryapti. Maqsadimiz qisqa fursat ichida yakdil jamoaga aylanish.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика