Santush Portugaliya terma jamoasida ikkita o'zgarishga qo'l urdi
12 noy 2019 09:23
Yangiliklar
Ortda qolgan haftada “Portu” himoyachisi Pepe hamda “Barselona” vakili Nelson Semedu jarohatga yo'liqdi. Ular esa Portugaliya terma jamoasidan noyabrda FIFA kunlaridan o'rin olgan bahslarda maydonga tushish uchun chaqiruv olgandi. Portugallar ustozi jarohat sabab ularning o'rniga “Manchester Siti”dan Joau Kanselu hamda “Granada”dan Domingush Duarteni mamlakat bosh jamoasiga jalb qildi.
Portugaliya Evro-2020 saralashi doirasida 14 noyabrda o'z maydonida Litvaga, 17 noyabrda esa safarda Lyuksemburgga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar