Reyna o'z davridagi eng kuchli darvozabonlarni sanadi
29 iyu 11:52
Yangiliklar
Reyna o'z davridagi eng kuchli darvozabonlarni sanadi
Sobiq darvozabon Pepe Reyna o'zi faoliyat olib borgan davrdagi eng kuchli darvozabonlarni sanab berdi.
- Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli darvozabon kim?
- Yaxshi sheriklarim bo'lgan: Kasilyas yoki Valdes. Ular "Real" va "Barselona"da o'ynagani sababli doimo boshqalardan ajralib turishardi. Men aynan ularni tanlayman.
Lekin boshqa darvozabonlarni ham aytsam bo'ladi, chunki kuchli darvozabonlar ko'p edi. Van der Sar, Buffon, Chex. 25 yillik faoliyatim davomida ko'plab yaxshi darvozabonlarni ko'rdim.
- Maydondagi raqiblardan qaysi biridan ko'proq qo'rqqansiz?
- Angliyada o'ynab yurgan paytlarimda "Liverpul" va "Chelsi" o'rtasida katta raqobat bo'lardi, o'shanda Drogbaga qarshi o'ynash haqiqiy dahshat edi, - dedi 42 yoshli Pepe Reyna.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar