“San-Paulu” bosh murabbiyi Rojerio Seni istefoga chiqdi
04 iyu 2017 05:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/262497_original.jpg)
![](/upload/storage/262497_220.jpg)
“San-Paulu” bosh murabbiyi Rojerio Seni istefoga chiqdi
Braziliyaning “San-Paulu” klubi afsonasi, sobiq darvozabon Rojerio Seni istefoga chiqarildi.
44 yoshli mutaxassis shu yilning yanvar oyida Braziliyaning ushbu jamoasida ish boshlagandi.
“Seni o'zini murabbiy sifatida ham namoyon eta oldi. Rojerioga keyingi faoliyatida omad tilaymiz. U hamisha jamoamizning barcha davrlardagi afsonasi bo'lib qoladi”, - deyiladi “San-Paulu” klubi bayonotida.
Malumot uchun, “San-Paulu” 11 uchrashuvda 11 ochko to'plab, Braziliya A Seriyasida 17-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar