Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiylikni boshladi Yangiliklar

Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatini yakunladi va murabbiylikni boshladi

Mohir yarim himoyachi butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

O'tgan mavsumni "temiryo'lchilar" safida o'tkazgan Sadriddin Abdullaev futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. "Lokomotiv" PFK rahbariyati maslahatiga ko'ra, u klub tizimida qolishni maqul deb bildi. Endilikda Abdullaev murabbiy sifatida o'z faoliyatini boshlaydi. 

Klub rahbariyati Sadriddin Abdullaevni "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi. Endilikda 18 yoshgacha futbolchilarni Abdullaev boshqaradi va buning uchun tegishli licenziyaga ega. 

"Lokomotiv" PFK Sadriddin Nizomiddinovichga murabbiylik sohasida omad va zafarlar tilab qoladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика