So’nggi yangiliklar

17:28"Ливерпуль" Конатени "Реал"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 16:59Breaking! Исак "Ньюкасл"дан кетиш ниятида  1 16:37Жорже Жезуш: "Роналду – катта масштабдаги шахс"  6 16:09Суннатуллоҳ Ҳамиджонов: "ОЧЛ 2 гуруҳ босқичини муваффақиятли ўтказиб, мухлисларимизни хурсанд қилишга ҳаракат қиламиз"  0 15:41"Сурхон" легионер хавбеки билан хайрлашди, яна бир футболчисини "Андижон"га ижарага берди  2 15:39Август ойидан Ўзбекистонда ҳам футболнинг янги қоидалари кучга киради   1 15:20"Натижа учун баъзида мазмунли ўйиндан воз кечдик. Етакчиларимизни йўқотишни истамаймиз, Хебайдан эса кўп нарса кутгандик" — Рўзиқул Бердиев билан интервью  6 15:05Расман: "Милан"га клуб тарихидаги биринчи эквадорлик ўтди   0 14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  1 14:36Хато "Челси" билан шахсий шартларни келишиб олди  2 14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  9 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  2 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  2 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  2 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0

Ryuji Sato haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

Ryuji Sato haqida nimalarni bilamiz?

Bugun bo'lib o'tadigan O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.

Bugungi o'yinni ko'pchilikka tanish Ryuji Sato bosh hakam sifatida boshqarib boradi. 1977 yil tug'ilgan bu hakam 2009 yildan beri xalqaro maydonlarda ishlab kelmoqda. 

Ryuji Sato ayniqsa JCH-2014 saralash bosqichidan o'rin olgan Myanma - Ummon bahsining 40-daqiqasida o'yinni to'xtatib nom chiqargan. O'shanda muxlislar hakam tomon turli idishlarni maydonga uloqtirishgan. Natijada yaponiyalik hakam o'yinni to'xtatishga majbur bo'lgan va har ikki jamoaning qistoviga qaramay uchrashuvni davom ettirmagan.


Ryuji Sato O'zbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi bir nechta bahslarni boshqargan. Quyida u hakamlik qilgan o'yinlarni keltirib o'tamiz. 

2014 y. U-19 Osiyo chempionati. BAA - O'zbekiston 2:2

2015 y. OCHL. “Lokomotiv” - “Fulad” 1:1 

2015 y. O'rtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:1 

2016 y. OCHL. “Sepaxon” - “Lokomotiv” 0:2 

2016 y. OCHL. “Al Ahli” - “Nasaf” 2:1 

2016 y. JCH-2018 saralash. O'zbekiston - Filippin 1:0

2016 y. JCH-2018 saralash. O'zbekiston - Suriya 1:0

2017 y. OCHL. “Al Ahli” - “Bunyodkor” 2:0 

2019 y. OCHL. “Al Nasr” - "Paxtakor" 1:2 

2019 y. OCHL. "Al Ahli" - "Paxtakor" 2:1

 

Ko'rib turganingizdek, ushbu referi vakillarimiz ishtirokidagi 10ta o'yinda hakamlik qilgan. Oxirgi o'yinlarni yodga oladigan bo'lsak, avvalgi jahon chempionati saralash bosqichida Toshkentda bo'lib o'tgan Suriya va Filippin bilan kechgan bahslarni Sato boshqargan va har ikki bellashuvni 1:0 hisobida mag'lub etganmiz. 

Bu yil hisobidan yaponiyalik hakam “Paxtakor”ning Osiyo chempionlar ligasidagi ikkita o'yinida ishladi. Dubayda “Al Nasr” bilan kechgan bahsda “Paxtakor” 2:1 hisobida zafar quchib, OCHL guruh bosqichiga yo'l olgan bo'lsa, keyinchalik Jiddada o'tkazilgan “Al Ahli”ga qarshi o'yinni ham Sato boshqardi. 

Lekin biz uchun muhimi kimning hakamlik qilishi emas, shunchaki muxlislarga qiziq bo'lgani uchun yaponiyalik hakam statistikasini keltirib o'tdik. Biz uchun muhimi terma jamoamizning qanday taktikada to'p tepishi va yakunda qanday natijaga erishishi. 

O'ylaymizki, hozirgi Saudiya Arabistonini bemalol engsa bo'ladi. Qolaversa raqibda yangi murabbiy ish boshladi va unga ham jamoani bir maromga keltirish uchun vaqt kerak bo'ladi. 

Abramov raqibning mana shu ojiz tomonidan foydalanib qolishi kerak. Saudiya Arabistonini bugun yutaylikki, oradan besh kun o'tib Falastinga qarshi bahsni yanada ko'tarinki kayfiyatda o'tkazaylik. Buning uchun avvalo bugungi masalani ijobiy hal qilib olishimiz kerak bo'ladi. SHu o'rinda O'zbekiston milliy terma jamoasiga omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика