Runi: "MYU Van Galga imkon berishi kerak edi"
17 may 2020 11:58
Yangiliklar


Runi: "MYU Van Galga imkon berishi kerak edi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi 2016 yili Lui van Galning istefosi haqida esladi.
"Luini istefoga chiqarishganida biroz xafa bo'lganman. U bilan ishlashni yaxshi ko'rardim. Klub uni uchinchi mavsumda ham qoldirishi kerak edi. O'shanda biroz kuchliroq bo'lardik.
Barchasi yaxshi tomonga o'zgarayotganini, futbolchilar ham uning qarashlarini tushunayotganini sezib turgandim. Ikki yil davomida boshqa murabbiylardan ko'ra, Luini yaxshi bilib olayotgandim. Undan juda ham minnatdorman. U meni sardor qilgani uchun emas, balki, ishonch va umid bag'ishlagani uchun ham rahmat aytaman.
Murabbiy bo'lib, Lui bilan birga ishlashni istagan bo'lardim. Uning qo'l ostida ko'p narsalarni o'rgandim", - dedi Runi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar