Rummenigge: "Sane uchun biroz afsusdaman"
23 avg 2021 17:16
Yangiliklar
Rummenigge: "Sane uchun biroz afsusdaman"
"Bavariya" sobiq boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge muxlislarning jamoa forvardi Leroy Sanega reakciyasi haqida gapirdi.
Futbolchi Bundesliga 2-tur doirasidagi "Bavariya" va "Kyoln" jamoalari o'rtasidagi o'yin tanaffusida almashtirildi. Muxlislar bu qarorni olqishlar bilan qabul qilishdi.
"Menga bu yoqmadi. U uchun biroz afsusdaman. U doim harakat qilmoqda, ammo o'ziga bo'lgan ishonch etishmayapti. Leroy o'tgan mavsum chempionatda yomon o'ynadi va bu albatta yordam bermaydi.
Uning vaziyatini 2012 yilgi CHempionlar Ligasi finalida penaltidan gol ura olmagan Aren Robben bilan taqqoslasa bo'ladi. O'shanda u bizdan ketmoqchi edi, ammo biz uni saqlab qolgandik. Bir yildan so'ng esa u "Borussiya"ga qarshi CHempionlar Ligasi finalida g'alaba golini urgandi", - deydi Rummenigge.
Fikrlar