So’nggi yangiliklar

19:25"Турон" — "Тобол". Таркиблар маълум  0 19:23Суперлига. "Пахтакор" – "Хоразм". Таркиблар маълум  1 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:58АПЛ. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум  8 18:45Суперлига. "Навбаҳор" - "Қўқон-1912" 2:0 (матнли трансляция)  12 18:35"Ал Батаеҳ" — "Ал Ваҳда". Ғаниев ва Эркинов жамоалари ўртасидаги ўйин учун таркиблар маълум  0 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  5 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1 15:47"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирига қизиқиш билдирмоқда  1 15:17Расман: Хаби Алонсо — "Реал" бош мураббийи  9 14:48"Атлетик" бош мураббийи "Барселона"нинг Уильямсга қизиқиши ҳақида гапирди  5 14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  6 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0

Ro'ziqul Berdiev: “Metallurg” jiddiy va noqulay raqib” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Metallurg” jiddiy va noqulay raqib”

"Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo ertangi bayram bilan barcha ustoz va murabbiylarni chin dildan tabriklayman. Ular oldida tazimdaman. Bugungi o'yinga rejamiz raqibga yuqori bosim o'tkazish va  to'pga egalik qilish edi. Ustiga ustak tezkor gollar urib, vazifamizni ancha engillashtirib oldik.  Ikkinchi bo'limdayam bu o'yinimizni davom ettirdik. Raqibga 90 daqiqa bosim o'tkazishga harakat qildik va bunga erishdik.  “Metallurg” jiddiy va noqulay raqib edi. Raqibni o'z o'yiini namoyish etishga bermasligimiz kerak edi SHu sabab ular bugun deyarli imkoniyatga bermadik.

- Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, “Nasaf” so'nggi ikki mavsumda Qarshida bekobodliklar darvozasiga gol urolmay kelayotgandi. Bu ham sizga qaysidir manoda bosim yukladimi?


- Ha, statistika ham o'z o'zidan bo'lmaydi.  Bu ham qanchadir foiz bosim yuklashi aniq edi. Albatta unga etibor berib turish kerak.   

- “Nasaf” keyingi turda Toshkentda “Bunyodkor” bilan kuch sinashadi. Har ikkala jamoaning turnir jadvalida ochkosi bir xil...
- Albatta keyingi turda eng principial raqib bilan kuch sinashamiz. SHu sabab Toshkentda ham faqat va faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Oldinda FIFA kunlari bor. SHu sabab jamoaga turt kunlik tatil beriladi.  So'ng Qarshida to'planib Toshkentdagi o'yinga tayyorgarlik ko'riladi.

- Jarohatlanganlar SHomurodov va Rahmatullaevning hozirgi holati haqida nimalar deya olasiz. Ular qachon maydonga qaytadi?

- SHomurodov “Nasaf”ni katta yutuqlariga ulkan hissa qo'shgan. Hozir u sog'ligini tiklash bilan band. Albatta bu jarayon biroz cho'zilib ketdi . Dilshod Rahmatullaev Germaniyada tibbiy ko'rikdan o'tib qaytdi. Hozir u klub bilan birga. Albatta formani tiklash oson bo'lmaydi. Tez orada uning jamoaga yordami tegishiga umid qilaman.


Aziz Nuriy

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика