So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

Ro'ziqul Berdiev: "Mashal" va "SHo'rtan" bizdanda yuqori o'rinlarni egallashlarini aytishdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mashal" va "SHo'rtan" bizdanda yuqori o'rinlarni egallashlarini aytishdi"

Oliy liganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qo'qon-1912" (3:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

"O'yinni ham, to'pni ham yaxshi nazorat qildik. Uchrashuvda to'liq tashabbusga egalik qildik. Bunaqangi jamoalar bilan bo'ladigan bahsda tezkr gol urib olish juda muhim hisoblanadi. Bu borada omadimiz ham keldi desam bo'ladi. Sababi, birinchi bo'limdayoq raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdik", - deb gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.


- "Nasaf" yoshlarining o'yini va ko'rsatayotgan natijalari ancha ko'ngildagidek emas. Jamoa uchta o'yinda bor-yo'g'i bir ochko ishladi. Bu mag'lubiyatlar o'sib borayotgan yoshlarni ruhiyatiga kelajakda salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.

- To'g'ri takidladingiz. Hozir akademiyamizda tahsil olgan yosh futbolchilar o'ynamoqda deymizu, lekin faqat mag'lubiyat bilan bolalarni ruhan o'stirib bo'lmaydi. Biz yoshlar jamoasi murabbiyi bilan jiddiy gaplashamiz. Gap faqat o'yin amaliyotida emas, balki uni o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori ham bo'lishi zarur. Kelajakda g'alabalar sari dadil intiladigan futbolchi bo'lib o'sishi kerak. Bugun ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan yosh Aziz G'aniev ham ancha istedodli futbolchi sanaladi. Juda tirishqoq va intiluvchan yigit. Turkiyada tashkil etilgan yig'inlarda ham uni ko'p bora sinab ko'rganmiz. Jismoniy holati hozirda kerakli darajada emas. Biroq uni ham kelajagi yorqin futbolchilardan biri deb bilaman. Bu jihatlari bilan Aziz G'aniev Odil Hamrobekovga o'xshab ketadi. Aziz G'aniev o'z ustida tinmay mehnat qilishi lozim. Bizda yana boshqa iqtidorli yoshlar ko'p va biz ularga ham imkoniyat berib boramiz.

- "Nasaf" viloyatning etakchi va bosh jamoasi hisoblanadi. Viloyatning boshqa jamoalari "SHo'rtan" va "Mashal" kabi klublar "Nasaf"ga etakchi futbolchilarini etkazib bersa yaxshi bo'lardi. To'g'ri, klubning o'zini futbol akademiyasi bor va yoshlar etishib chiqmoqda. Lekin "Mashal"ning Mirzohid G'ofurov, Eldor SHomurodov singari futbolchilarini "Bunyodkor" ilib ketdi. Erta-indin o'z vaqtida "Nasaf-2" jamoasida o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Zohir Qo'ziboevni ham boshqa jamoalar olib ketib qolishi mumkin. Jamoaning hujum chizig'ini mahalliy hujumchilar bilan qoplasa bo'lmaydimi?

- Bu savolingizga qanday javob berishim mumkin? "Nasaf" har doim viloyatning boshqa jamoalari bilan hamkorlikda ishlashga tayyor bo'lib kelgan va hozir ham tayyormiz. Bu savolni javobini o'sha klublardan olgan maqulroq. Lekin o'ylashimcha, bu savolni ularga bersangiz rad javobini olasiz deb o'ylayman. Bu jamoalar ham o'z yo'liga ega va ular ham yuqori cho'qqilarni zabt etishni istashlari tabiiy. Ular bizga qarshi ikki baravar kuch bilan harakat qilishadi. Hozirdanoq ular bu yilgi mavsumda bizdanda yuqoriroq o'rinlarni zabt etishlarini aytishmoqda. Omadini bersin mayli. Haqiqatdan zo'r bo'lsa, yuqori o'rinlarni egallasin. Agarda hamkorlikda ishlashni istashsa, biz bunga har doim tayyormiz.

- "Al Ahli" jamoasi Qarshidagi o'yindan oldin bir qator yo'qotishlarga ega. Bu narsa "Nasaf"ga ustunlik beradimi?

- Men ular bilan tanishish paytida shunga amin bo'ldimki, ularda teng kuchli ikkita tarkibga ega jamoa mavjud. Hozirgi bir-ikkita yo'qotishlarni o'rnini egallay oladigan futbolchilar bor. Bu narsa bizni qiziqtirmasligi kerak. Ular kuchli yoki kuchsiz bo'lib keladimi bu narsa bilan ishimiz yo'q. "Al Ahli"ni juda kuchli jamoa deb bilaman. Biz bu o'yinda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bilasizlar, men muxlislarga nimanidir vada berishni yoqtirmayman. Ammo bu bahs biz uchun mavsumdagi eng muhim o'yinlarimizdan biri bo'ladi deb o'ylayman. Nima bo'lgan taqdirda ham g'alaba uchun kurashamiz va futbolchilarni shunga tayyorlaymiz. Hech bir murabbiy ertaga yutaman deb vada bermasa kerak. Lekin bu o'yin "Nasaf"ning mavsumdagi balki eng muhim uchrashuvi ham bo'lishi mumkin. Faqat g'alaba va g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Oliy liga debyutanti "Qo'qon-1912" jamoasi haqida fikrlaringizni bildirsangiz?  

- Qo'qonda, umuman vodiyda bizni muxlislarimiz juda ko'p. SHu uchun ularga avvalo tashakkur bildiramiz. "Nasaf" doimo muxlislar uchun o'ynaydi. Osiyo chempionlar ligasida nafaqat o'zimiz uchun, balki vatanimiz sharafi uchun ham o'ynaymiz va g'alaba uchun bor kuchimizni sarflaymiz. "Qo'qon-1912" jamoasi bilan mavsum oldi nazorat uchrashuvida ham kuch sinashgandik. O'sha o'yin bilan solishtiradign bo'lsak, jamoada o'sish kuzatilgan. Bugungi o'yin futbolchilarning mahorati va jamoalarning darajasi baribir o'z so'zini aytdi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, "Qo'qon-1912" yangi tashkil etilayotgan jamoa. Bu futbolchilar endi-endi birga o'ynashmoqda va o'yinlarini shakllantirib borishmoqda. Ularga biroz vaqt berish kerak va o'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi. Qo'qonlik muxlislarni juda yaxshi bilaman va ularni talabi har doim yuqori bo'lgan. Qo'qonda bu jamoaga qarshi o'ynaganman va stadionda haqiqiy futbol muhiti paydo bo'lishidan xabarim bor. Umuman Qo'qon xalqi futbolni juda sevishadi. Bu jamoa hali ikkinchi davrada yanada yuksaladi deb o'ylayman. 


"Nasaf" FK matbuot xizmati hamkorligida tayyorlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика