So’nggi yangiliklar

08:17Роналду Мессидан ўтиб кетди  2 07:50ЖЧ-2026 саралаши. Португалия Арманистон устидан 5:0 ҳисобида ғалаба қозонди, Англия Андоррани енгди, Сербия эса Латвиядан устун келди  1 07:35Дембеленинг жароҳати жиддий бўлиб чиқди. Унинг қанча муддатга сафдан чиққани эълон қилинди  2 23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  15 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8

Ro'ziqul Berdiev: “Biz derbiga emas, oddiy o'yinga tayyorgarlik ko'rgan edik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Biz derbiga emas, oddiy o'yinga tayyorgarlik ko'rgan edik”

“Nasaf” – “Mashal” uchrashuvi yakuniga etgach, jamoamiz ustozi Ro'ziqul Sadullaevich ham o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Mashal” jamoasi bilan uchrashuvimiz doimo keskin bo'ladi, ular biz bilan bahslashganida juda katta kuch bilan harakat qilishadi. Bugungi o'yin ham shunday bo'ldi. Bevosita o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsam, biz bugun Rashidxonovning chiroyli goli evaziga g'alabaga erishdik. O'yinchimiz juda chiroyli gol muallifi bo'ldi. Raqibga bugun gol urishga umuman imkon bermadik. Uchrashuvda biz uchun boshqa qulay vaziyatlar ham bo'ldi. Ammo bu vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Muhimi g'alabaga erishdik va uch ochkoni qo'lga kiritdik.

Bugun biz bir necha o'yinchilarimizga dam berdik. SH.Azamovni kichik jarohati borligi tufayli tavakkal qilishni hohlamadik. Qolaversa u muntazam o'yinlarimizda ishtirok etib kelayotgandi. Bugun yana SH.Erkinovni maydonga tushirmasdan B.Abduxoliqov xizmatidan foydalandik. Bunga sabab, o'yinda “Mashal” jamoasi himoyachilarini shoshirib qo'yadigan tezkor hujumchi kerak edi.

Raqibimiz bizga nisbatan bugun qo'polroq harakat qildi. Balki ular o'z oldilariga qo'yilgan vazifadan kelib chiqib, shunday harakat qilishgandir.  Ammo bunday qo'pol harakatlar raqib jamoa o'yinchilari uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Derbi? Biz derbiga emas, oddiy o'yinga tayyorgarlik ko'rgan edik. Maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Buni yigitlarimiz uddasidan chiqishdi. Bugun jamoamiz o'zining yana bir mazmunli o'yinini namoyish etdi. SHaxsan bundan mamnunman.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика