Ronalduga qiyin. A Seriyada koronavirus sabab futbolchilarning maoshi kamayishi mumkin
20 mar 2020 13:35
Yangiliklar
Ronalduga qiyin. A Seriyada koronavirus sabab futbolchilarning maoshi kamayishi mumkin
Italiyada koronavirus epidemiyasi tarqalayotgani sababli barcha sport turnirlari to'xtatilganidan xabaringiz bor.
Xabarlarga ko'ra, A Seriya klublari shu sababdan o'yinchilarning maoshini kamaytirishi mumkin.
Italiya futbol federaciyasi prezidenti Gabriele Gravina iqtisodiy masalalarni ochiq qoldirgandi. Aytilishicha, klublar endilikda eng ko'p maosh oluvchi futbolchilarning maoshini 20-30%ga kamaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqdalar.
Ushbu tashabbus "Yuventus" etakchisi Krishtianu Ronalduga bevosita tasir qiladi. Bilamizki, u yiliga 31 million evro maosh oladi. Maoshlar kamaytiriladigan bo'lsa Ronalduning oladigan haqi 6,2 dan 9,3 million evrogacha qisqaradi.
Fikrlar