Ronaldu: "Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman"
22 mar 2022 19:22
Yangiliklar
Ronaldu: "Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman"
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu JCH-2022 saralashi pley-off bosqichidan kutayotgan umidlari bilan o'rtoqlashdi.
24 mart kuni portugaliyaliklar pley-off yarim finalida Turkiya bilan kuch sinashishadi. Agar g'alaba qozonishsa, Italiya yoki SHimoliy Makedoniya bilan to'qnash kelishadi.
"Bor etiborimizni 2022 yilgi jahon chempionatiga qaratganmiz. Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilayotganimdan g'ururlanaman.
Biz yo'l oson bo'lmasligini bilamiz. Raqiblarimizni juda hurmat qilamiz. Ularning maqsadi bizniki bilan bir xil. Portugaliya o'zining munosib o'rnini egallashi uchun birgalikda kurashamiz. Keling, buni amalga oshiraylik!", – deb yozdi Ronaldu Twitter'da.
Fikrlar