So’nggi yangiliklar

13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  2 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  6 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  14 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2

Ronaldu nima uchun "Manchester Yunayted" sardori bo'lmaganini Nevill tushuntirib berdi Yangiliklar

Ronaldu nima uchun "Manchester Yunayted" sardori bo'lmaganini Nevill tushuntirib berdi

"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sardorlaridan biri Gari Nevill jamoadagi ayrim malumotlar haqida gapirdi.

Himoyachining aytishiga ko'ra, Ser Aleks Fergyuson sardorlik bog'ichini Garri va Giggzdan boshqasiga ishonmagan.

"Jamoa sardori bo'lganimdan bir yil o'tib, jarohat oldim. O'shanda juda ham qiyin bo'ldi, men jamoaga yordam bera olmayotgandim. Mavsumoldi tayyorgarlik paytida Ser Aleksning yoniga kirdim. Tarkibimiz ajoyib edi: Ronaldu, Runi, Teves, Giggz, Skoulz, Karrik, Ferdinand, Vidich, Evra, van der Sar... O'shanda jamoada mashhurlar juda ko'p edi.

Murabbiyning oldiga keldim-da: "O'zimni sardorga mos deb ko'ra olmayapman, chunki tarkibdagi futbolchilar bilan raqobat qila olmayapman", - dedim. Ser Aleks esa: "O'g'lim, bog'ich senda qoladi! Giggz bilan birgalikda navbat bilan taqasiz. Agarda bog'ichni Runi yoki Ronalduga bersam, ular aqldan ozishadi. Agarda Krishga bersam, Runi hafa bo'ladi. Agarda Vidichga bersam, bu Ferdinandga yoqmaydi".

Rostdan ham, kiyinish xonasidagi tartibni saqlash uchun keyingi 4 mavsumda men va Giggz sardor bo'ldik. Biz katta yoki policiyachi kabi edik. Fergyuson barcha ishini ishonch bilan davom ettirardi. SHu boisdan biz birinchi o'rinda bo'lardik. Biroq baribir o'shanda men o'zimni sardorlik bog'ichiga noloyiq deb hisoblaganman", - dedi Gari.

Undan keyin Nemanya Vidich jamoa sardori bo'ldi. Keyinchalik Runi, Karrik, Antonio Valensiya va Eshli Yang taqdi. Hozir esa Xarri Maguayr jamoa sardori bo'lib turibdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика