Ronaldu "Barselona"ga qarshi o'ynaydi
04 avg 2021 21:17
Yangiliklar
Ronaldu "Barselona"ga qarshi o'ynaydi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Joan Gamper kubogi uchun "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi.
36 yoshli portugaliyalik forvard turinliklar bilan bir necha kun davomida mashg'ulotlar o'tkazadi va har yili mavsum oldidan Barselonada o'tkaziladigan turnirda ishtirok etadi.
Katta ehtimol bilan, Ronaldu maydonda 90 daqiqa to'p surmaydi, chunki u hali formasini tiklab olgani yo'q.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" — "Yuventus" uchrashuvi 8 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar