So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Ronaldino: Futbol bobida armonim yo'q Yangiliklar

Ronaldino: Futbol bobida armonim yo'q

Teglar :  RonaldinoBraziliya
Braziliya terma jamoasi sobiq etakchilaridan biri Ronaldino Gulf News sayti muxbirlari bilan suhbatlashish jarayonida futbolda o'zi orzu qilgan barcha sovrinlarni qo'lga kiritganligi va bundan behad baxtiyor ekanligini takidladi.

SHuning barobarida vaqtida Barselona tarkibida argentinalik Lionel Messi bilan yonma-yon ko'proq to'p surish nasib etmaganidan afsuslanishini ham yashirmadi. Umuman olganda, buyuk quyoncha kelgusi yili katta futbol bilan xayrlashmoqchi. Uning faoliyatida shiddatli parvozlar ham, sezilarli qoqilishlar ham kuzatildi. Lekin muhimi, yuksak mahorat sohibi muxlislar qalbidan to'p afsungari sifatida joy oldi.

2008 yili Barselona boshqaruvini qo'lga olgan Xosep Gvardiola FIFA tasnifi bo'yicha 2 marta yilning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan jahon chempionidan voz kechdi. Ispaniyalik mutaxassis Ronnining tungi bazmlarga ruju qo'ygani va bu illat nafaqat o'zi, balki yosh, o'ta tasirchan Lionel Messiga ham salbiy tasir etishidan xavotirlangan edi. Umuman, Pepni noto'g'ri qaror chiqarganlikda ayblash mushkul. Axir Barselona uning davrida Messi bilan hamkorlikda futbol tarixida eng kuchli jamoa darajasiga ko'tarildi. Braziliyalik afsungar esa keyinchalik Milanda ham o'zini yaxshi tomondan ko'rsata olmadi. To'g'ri, Ronni har qanday holatda ham, futbol olamining yorqin durdonalaridan biri sifatida tilga olinaveradi. Ha, u intizom masalasiga salgina jiddiyroq yondashganida, ehtimol, bundan-da yuksak cho'qqilarga ko'tarilarmidi? Ronaldinoning o'zi bu borada shunday deydi: Achinishga asosim yo'q. Axir futbolda nimani orzu qilgan bo'lsam, barchasiga erishdim. SHunday ekan, qandaydir armon haqida gapirish ortiqcha. Ko'ngilni biroz xira qiluvchi yagona jihat shuki, Messi bilan hamkorlikda ko'proq o'ynashim mumkin edi. U - ajoyib futbolchi. SHunday benazir istedodning katta futboldagi ilk goliga assistent bo'lganimdan mamnunman. Ochiq aytaman, Messi yorqin yulduzga aylangan hozirgi payt u bilan yonma-yon  to'p surmayotganimdan afsusdaman. Biroq ikkinchi tomondan, o'sha vaqt Barsadagi davrim yakuniga etib qolgandi. To'g'rirog'i, o'zim boshqa marralarni zabt etishga qaror qilgandim. Buning uchun esa Barsadan ketishimga to'g'ri keldi....

Qiziq, Ronaldino oradan shuncha vaqt o'tgach, Kamp Nouni tark etgani masalasida qanday fikrda? U o'sha qaroridan afsuslanadimi yoki yo'q? Bu savolga javobi qatiy yangraydi: Yo'q, zarracha ham. Xo'sh, unda doimiy bazmu-jamshidlar haqiqatmi yoki bo'hton? Bu savolni eshitgach, Ronnining yuzida tabassum paydo bo'ldi, u avval tarjimon, keyin muxbirga qarab, yana dadil so'z boshladi: Tan olman, bunday gap-so'zlar bo'hton emasdi.

Umuman olganda, Ronaldino o'sha voqealar sabab, Gvardiolaga nisbatan kek saqlayotgani ham yo'q: Pep nafaqat ajoyib murabbiy, balki sadoqatli do'st ham. Mana, Manchester Siti bilan muvaffaqiyatga erishish uchun barcha sharoitlarga ega. Umid qilamanki, Gvardiola Angliyada ham shon-shuhratga burkanadi.

Ronni shuningdek, Messi va uning terma jamoadagi faoliyatiga oid o'z fikrini bayon etdi: Qaytaraman, Leo - ajoyib futbolchi. Argentina termasi esa o'z ananalariga ega kuchli jamoa. O'ylashimcha, argentinaliklar navbatdagi mundialda g'olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarga egalar. Lekin Leo muxlislar qalbida dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida qolish uchun JCHda albatta, zafar quchishi shart emas. U futbol olamida tengsiz ekanligini deyarli har kuni isbotlamoqda. Demoqchimanki, o'yindan-o'yinga yuksak saviyasini ko'rsatayotgan futbolchi uchun mundialda isbotlashi lozim bo'lgan jihatning o'zi yo'q. Har qanday holatda ham, Messi va barcha do'stlarimga omad yor bo'lishini tilayman, baribir.

Neymar Braziliya terma jamoasining yangi etakchisi roliga munosibmi? U bu vazifani nechog'li uddalaydi? Ronni vatandoshining ko'p narsalarga qodir ekanligiga zarracha shubhalanmaydi: Neymar bugunning o'zida mamlakatimiz futbolining eng yorqin yulduzi. U allaqachon Braziliya futboli tarixidan joy olib ulgurdi. Bu masalada terma jamoada to'p surgan eng sara yulduzlardan ham qolishmaydi. To'g'ri, Braziliya futboli so'nggi yillarda o'tish davrini boshdan kechirmoqda. Lekin o'z uyimizda qo'lga kiritilgan Olimpiada chempionligi biroz shubha ostida qolgan ishonchni qaytarib berdi. SHaxsiy fikrimcha, Neymar selesao etakchisi bo'lish uchun barcha fazilatlarga ega. Umuman, jamoamiz Rossiya mundialida chempionlik taxtiga qaytish uchun kurashadi - harqalay, imkoniyatlar etarli.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика