Kaka Braziliya terma jamoasida Karlo Anchelottiga yordam berish istagini bildirdi
20 may 2025 15:27
Yangiliklar
Kaka Braziliya terma jamoasida Karlo Anchelottiga yordam berish istagini bildirdi
"Real", "Milan" va Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Kaka "selesao" murabbiylar shtabida ishlashga tayyor.
"Agar terma jamoa yordamim tegadi deb hisoblasa, tayyorman. 2017 yilda futbolni tark etdim va shundan beri tahsil olib kelaman. Garvardda sport biznesi , UEFAda sport menejmenti va Braziliya futbol konfederaciyasida murabbiylik kurslarini tamomladim. Ortimda uchta jahon chempionati va termadagi 15 yildan ortiq faoliyat bor. Men tayyorman", – dedi Kaka.
12 may kuni Braziliya terma jamoasi matbuot xizmati italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti terma jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lganini malum qildi. Bu tayinlovdan so'ng murabbiy "Milan"da o'zi ustozlik qilgan Kakani o'z shtabida ko'rmoqchi ekanligi haqida malumotlar paydo bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar