Romancov Qosimovni Rossiya chempionatida o'ynagan eng kuchli osiyolik futbolchi deb hisoblaydi
20 iyu 2020 13:00
Yangiliklar


Romancov Qosimovni Rossiya chempionatida o'ynagan eng kuchli osiyolik futbolchi deb hisoblaydi
"Match TV" futbol jurnalisti Denis Romancov OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.
Xabaringiz bor, OFK sayti Rossiya chempionatida o'ynagan eng yaxshi osiyolik futbolchini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.
Etiborlisi, Denis Romancov Mirjalol Qosimovni Rossiya chempionatida o'ynagan eng kuchli osiyolik futbolchi deb biladi
"Ha, menimcha bu Mirjalol Qosimov. Sababi u bir jamoa bilan Rossiya chempioniga aylangan (1995 yil). So'ngra, favorit hisoblanmaydigan "Krilya Sovetov"ni ham favoritga aylantirgan. Rossiyada uni juda yaxshi ko'rishadi. Azmun haqida gapiradigan bo'lsam, u hech qanday muammosiz Evropaga yo'l olishi kerak. U universal o'yinchi. Menimcha, Serdar o'zini Italiya va Ispaniyada yaxshi ko'rsata oladi", - deydi Romancov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar