“Roma”da faqat bitta markaziy himoyachi qoldi
19 fev 2021 18:10
Yangiliklar


“Roma”da faqat bitta markaziy himoyachi qoldi
“Roma” jamoasi himoyachilari Brian Kristante va Rojer Ibanes Evropa Ligasi 1/16 bosqichi doirasidagi “Braga” (2:0) bilan o'yinda jarohat olishdi.
Ikkala o'yinchi ham yakshanba kuni o'tkaziladigan “Benevento”ga qarshi o'yinga qadar tiklanishga ulgurmaydi. Kris Smolling, Marash Kumbulla va Davide Santon singari futbolchilar avvalroq safdan chiqishgan edi.
Takidlanishicha, ayni paytda “bo'rilar” tarkibida faqat bir nafar markaziy himoyachi – Janluka Manchini qolgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar