"Roma" posboniga "Chelsi" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda
18 mar 19:59
Yangiliklar


"Roma" posboniga "Chelsi" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda
"Roma" darvozaboni Mile Svilar faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
"Chelsi" 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Darvozabonga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda.
Svilar so'nggi bir yil ichida Rim klubining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va bu mavsumda barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushdi. Darvozabonning amaldagi kelishuvi 2027 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Takidlanishicha, darvozabonning vakillari yangi shartnomada uning maoshi bir mavsum uchun 4 million evroni tashkil etishini istamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar