"Roma" "Manchester Yunayted" futbolchisini 18-20 mln evroga xarid qilmoqchi
02 sen 2020 15:48
Yangiliklar


"Roma" "Manchester Yunayted" futbolchisini 18-20 mln evroga xarid qilmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling to'laqonli "Roma" o'yinchisiga aylanishi mumkin.
Rimliklar angliyalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishgan. O'yinchining maoshi esa yiliga 3 million evroni tashkil etadi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Klublar 30 yoshli o'yinchining 18-20 mln evrolik transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Smolling o'tgan mavsum "Roma"da ijara asosida to'p tepgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar