Robert Levandovski: "Gvardiola futbolga boshqa tomondan qarashni o'rgatdi. Men o'zgacha fikrlayman"
12 okt 2021 14:56
Yangiliklar
Robert Levandovski: "Gvardiola futbolga boshqa tomondan qarashni o'rgatdi. Men o'zgacha fikrlayman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski unga ispaniyalik murabbiy Pep Gvardiola bilan ishlash qanday yordam berganini aytdi.
"U futbolga boshqa tomondan qarashni o'rgatdi. Harakat, taktikalarni tushunish, ularni futbolda ishlatish.
Gvardiola bilan ishlaganimdan so'ng futbolda boshqacha o'ylayman, sababi o'yinni boshqa tomondan, boshqa burchakdan ko'raman. Men kim xato qildi, kim yaxshiroq o'ynadi, qanday qilib raqibdan bir qadam oldinda bo'lish kerakligini bilaman.
Biz gaplashardik, u menga tez-tez taktikani tushuntirardi va aytardi: "Men senga hujumchi sifatida kuchliroq bo'lishingga yordam bera olmayman, sababi sen shundog'am yaxshisan, ammo men jamoaga to'pni jarima maydonchasi ichiga kiritishga yordam bera olaman, sen esa u erda nima qilishni bilasan", - deydi Levandovski.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar