Riberi: "Xitoydan taklif bo'ldi, ammo yana CHempionlar ligasida o'ynamoqchiman"
17 sen 2018 16:15
Yangiliklar


Riberi: "Xitoydan taklif bo'ldi, ammo yana CHempionlar ligasida o'ynamoqchiman"
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Xitoy Superligasidan bo'lgan taklif haqida aytib berdi.
"Menga Xitoydan taklif bo'ldi, aniq raqamlar aytildi. Biroq menga Bundesliga va CHempionlar ligasi yoqadi. Evropaning eng nufuzli turnirida ikkinchi marta g'olib bo'lmoqchiman.
"Bavariya"dagi kelajagimga to'xtaladigan bo'lsak, bu erda yana bir yil o'ynamoqchiman, ammo mavsum davomida nimalar bo'lishini kuzatish kerak. O'zingga va o'z ishingga to'g'ri baho berishing lozim" - deydi Riberi.
Riberi 2007 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar
09:04
“Tottenxem“ yangi bosh murabbiyi bilan maosh va shartnoma shartlari borasida kelishib oldi - Romano 1
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25

Fikrlar