So’nggi yangiliklar

21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  0 21:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  2 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  2 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  15 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  3 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  9 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1

"Bavariya" Riberining uchinchi o'rinbosari uchun 75 mln evro sarfladi. Bu safar natija qanday bo'larkin? Yangiliklar

"Bavariya" Riberining uchinchi o'rinbosari uchun 75 mln evro sarfladi. Bu safar natija qanday bo'larkin?

Bu safar ham tarkibga "Liverpul" vingeri qo'shib olindi.

"Bavariya" hamon klub afsonasiga o'rinbosar izlamoqda

Riberi faoliyatining ilk davri ancha qiyin bo'lgan. Franciyalik Al Pachino kinolarida bo'lgani kabi bezorilardan edi. Vinger qonunlarni buzmagan bo'lsada, francuz klublaridan keyin "Galatasaroy"ga borib qolgan. Istanbuldagi qisqa davrdan keyin unga etibor qaratishadi. "Marsel" keyinchalik JCH-2006da Franciya yarim himoyasi qanotida yorqin o'yin ko'rsatadigan futbolchi bilan shartnoma imzolaydi. Keyin esa 30 million evro evaziga "Bavariya"ga transfer amalga oshiriladi. Myunxenda Riberi 12 yil istiqomat qiladi. Erkin agent sifatida "Fiorentina"ga ketdi va "Salernitana"da faoliyatini yakunladi.

"Bavariya" skaut va menejerlarida chap qanotda o'ynaydigan o'ng oyoqli futbolchiga o'rinbosar topish uchun olti yil bor edi. Vazifa hozircha bajarilmadi. Shunga qaramay, chapda Riberi va o'ngda Robbensiz ham "Bavariya" Flik qo'l ostida ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Butun dunyo koronavirus muammosini ortda qolishini kutib yashayotganida klublar o'rtasidagi eng muhim musobaqa pley-offida ikki o'yin o'rniga bittadan uchrshauv o'tkazilgan hamda Komanning sobiq jamoasiga PSJ darvozasiga gol bilan yakunlangandi. Finalda "Bavariya" Mbappe va Neymardan gol o'tkazib yubormaslikni uddaladi. Ammo Koman, Duglas Kosta va Gnabri uzoq yillarga Riberining o'rnini egallay olishmadi.

Shu bilan birga "Bavariya" murabbiylari Devisni chap qanot vingeri roliga o'tkazishmadi. Myunxendagilar Alfonso lateral sifatida foydaliroq bo'ladi deb hisoblashdi. Natijada, har ikki qanotda muammo yuzaga keldi. Aren Robben – "Bavariya"ning o'sha Chempionlar Ligasidagi g'alabasidan bir yil avval klubni tark etdi. Flikning muvaffaqiyati Germaniya gegemoni menejerlarini chalg'itib qo'ydi. Ularga o'shanda o'ng qanotga Gnabri va chapda Koman etarlidek tuyulgandi. Zaxirada esa tajribali Perishich, lekin xorvatiyalikni bir yillik ijaradan keyin Myunxenda olib qolishmadi. Shuningdek, "Bavariya"da ispaniyalik vinger Saragosa ham uzoq qolmadi.


Dias – Riberining o'rniga "Liverpul"ning yana bir vingeri

Frank kabi Dias ham o'ng oyoqda o'ynaydigan chap qanot vakili. Luisni vaziyatdan kelib chiqib, markaziy hujumchi sifatida ham o'ynatishdi. Qizig'i, "Bavariya" Riberining poziciyasiga "Liverpul"dan sotib olgan avvalgi yigitda ham shu kabi vaziyat yuz bergandi. Biroq Manening Myunxendagi faoliyatini qovushmadi. Jarohatlardan tashqari jamoaning boshqa futbolchilari yangi kelgan senegallikni quvonch bilan qabul qilishmadi. Bunga esa Sadioning maoshi ancha yuqori bo'lgani sabab bo'lgandi. "Bavariya" maosh va mukofot pullari tufayli janjal chiqishi yangilik emas. Bekkenbauer davridan buyon bu kabi gap-so'zlar jamoaga halaqit qiladi. Mavsumiga 25 million evro ishlab topadigan Manega hasad qilishardi, klub veteranlari ham maoshi oshishini istab qolishdi.

"Bavariya" chap qanot vingeri ko'p chiday olmadi. Mane Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv kuni kiyinish xonasida Sanega tashlanib qoldi. Bu ham Myunxen klubi uchun yangilik emas. Riberi va Robben janjali natijasida Frank 50 ming evro jarima to'lagani yodingizda bo'lsa kerak. Manega belgilangan jarima miqdori – 350 000 evro. Senegallikning versiyasi bo'yicha Sane o'ziga nisbatan munosabatda rasizmga yo'l qo'ygan. Ahmoqlikning cho'qqisi shundaki, Leroyning o'zi ham qora tanli yigitlardan. Katta ehtimol bilan Leroy Manega nisbatan noroziligini bildirganiga "Bavariya" murabbiy va menejerlari senegallikning jarimasini ikki million evrodan qisqartirgani sabab bo'lgan.

Mane Levandovski "Barselona"ga ketganidan keyin "aldamchi to'qqizlik" rolida ham, chap qanot vingeri sifatida ham asosiy tarkibning muqim azosi bo'la olmadi. Sadio Myunxenda Bundesliga va ECHLning faqatgina bir mavsumida 16 ta samarali harakat qayd eta oldi. Undan ko'prog'ini kutishgandi. Natijada, nemislar ortiqcha qiyinchiliksiz "Al Nassr" taklifini qabul qilishdi. Manedan bir necha yil avval "Bavariya"da Kloppning boshqa shogirdi o'z o'rnini topa olmagandi. "Liverpul"da Koutino APL yulduzi darajasigacha chiqdi, Angliyadagi oxirgi mavsumida ham u ajoyib o'yin ko'rsatdi. Keyin esa "Barselona" uning transferiga 135 mln evro taklif qildi. Inglizlar bu summaga etakchilaridan birini qo'yib yubordi.

Aynan Mane "Liverpul"da Koutinoning yo'qligini bildirmagandi, Filippe esa Kataloniyada o'ynab keta olmadi. "Bavariya"ga ijara vaqtida u Chempionlar Ligasida zafar quchdi, ammo Germaniya klubi braziliyalik shartnomasini to'liq sotib olmadi. Koutino ham, xuddi Mane singari o'yinida keskin pasayish yuz berdi, Qatarga yo'l oldi va hozir vataniga qaytib, "Vasko da Gama" sharafini himoya qilmoqda. "Bavariya"dagilar avvalgi omadsiz tajribalar Luis Dias bilan takrorlanmaydi, deb hisoblashmoqda. "Bavariya" tarixidagi eng qimmat xaridlardan birini rasmiylashtirdi. Myunxenda faqatgina "Tottenxem" forvardi Keyn va "Atletiko" himoyachisi Lyuka Ernandes uchun bundan ko'proq to'lashgan.


Musialaning jarohati Keynga yordamchi guruhga bosimni oshirmoqda

Jarohat bo'lmaganida Jamal va Kimmix "Bavariya" hujumi va ularni tayyorlashning turli chastotalarida dirijerlikni o'z qo'liga olgan bo'lardi. Germaniya terma jamoasi dispetcherlari Keynga vaziyat yaratib berish vazifasini yaxshi uddalashayotgandi, ammo klublar o'rtasidagi JCHda Donnarumma bilan to'qnashuvdan keyin Musialaning oyog'i. Jiddiy jarohat olganiga qaramay, germaniyalik Janluijjini bunda ayblamaslikni va haqoratli xatlar yozmaslikni so'radi. Italiyalik o'zi istamagan holda raqibining oyog'iga yiqilib tushdi. Musiala jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi va tiklanish jarayonini ham boshlab yubordi. "Bavariya" endi pleymeykersiz qoldi, ammo Kompani "4-3-3" taktik sxemasida ham o'ynashi mumkin. Bunda Kimmix "o'nlik" nuqtasida harakat qiladi.

Keyn xuddi "Liverpul"da Firmino harakat qilganidek ortga qaytib o'ynay oladi. Franciyalik Olise va kolumbiyalik Dias esa hujum markaziga o'tib, vaziyatlarga ega bo'ladi. Bu vaziyatda hammadan ham ko'proq Gnabri va Koman yutqazadi, lekin ular bahorda "Bavariya"ni Chempionlar Ligasida g'alabaga etaklay olishmadi. Janjalkash Sane esa "Galatasaroy"ga yo'l oldi. Turklar mashhur futbolchiga "yog'li" taklif bilan chiqishdi. "Bavariya" "Real" vingeri Rodrigoga ko'pchilik uchun orzu bo'lgan sharoitlarni yaratishga tayyor edi, biroq braziliyalik Bundesligaga borishni istamadi. Diasni sotib olgan nemislar endi Musialaga o'rinbosar xarid qilish kerakmi yoki yo'q, shu masalani hal qilish zarur. "Real"ning boshqa futbolchisi Braimni va "Leypcig"dan Simons nomzodlari o'rganib chiqildi.

Dias "Bavariya"ning birinchi nomzodi emas edi.Ular ko'proq Virc nomzodiga qiziqishgandi. Florian Musialaning yoniga insayd sifatida joylashishi mumkin edi. Bundan tashqari "Bavariya" Uilyamsni tarkibiga chorlagandi. Moliyaviy masalalar tufayli "Barselona"ga o'ta olmagan Niko "Atletik"da uzoq vaqt qolishni maqul topdi. Basklar yosh chap qanot vingerini berishmadi, "Liverpul"ga esa pul zarur. Luis Dias klub tarixidagi eng qimmat uchinchi transfer (sotilgan) bo'ldi. Undan qimmatroqqa faqatgina Koutino va Suaresning transferlari qayd etilgan. Ularning har ikkisi "Barselona"ga yo'l olganini yaxshi bilasiz. Kolumbiyalikni 75 mln evro sotgan "Liverpul" bu kelishuvdan, uning narxidan albatta xursand bo'lishi aniq. Biroq hozirgi transfer bozori shunday bo'lib qoldi va hozircha hech kim uni to'xtatay, tartibga solay demayapti.

"Bavariya" afsonasi Myuller haq – ortiq hech nimani anglatmay qo'ydi. 80 mln evroga sotib olingan futbolchi, himoyachi Ernandes kabi o'yinini topa olmasligi mumkin, "Bavariya" "Chelsi" maktabidan "o'g'irlab ketgan" Musiala esa qisqa vaqt ichida nemis chempioning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. Luis Dias Bundesligada yanada kuchayishi mumkin, axir bu erda hujumkor futbolni xush ko'rishadi. "Bavariya" muntazam ravishda bosim uyushtiradi. Chap qanotdagi o'ng oyoqli futbolchi ko'p bor markazga o'tib, zarbalar berishi mumkin. Dias uchun bu yaxshi kelishuv, lekin Angliyada futbolchida tartib-intizom bilan bog'liq muammolari bor edi. "Bavariya" yillar o'tib, yana Riberi singari bezori yigitga ishonch bildirdi.


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
29 iyu 04:22:54
Muhammadali Sirojiddinov
Bavariya qaytib Ribire va Robben kabi oʻyinchilani topolmaydi va yana Muller kabini ham ulardaqa oʻynaydiganlar qaytib tugʻilmaydi
   
30 iyu 00:46:45
Memphis_7
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Adashmadizmi Bavariya oxirgi marta 2020-yilda chlni olganida sane yoʻq ediyu
Bor edi
   
29 iyu 15:32:40
Oliver Kan
Memphis_7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Sane 2019 kegan demak bu royxatda bolmaslik kk
Adashmadizmi Bavariya oxirgi marta 2020-yilda chlni olganida sane yoʻq ediyu
   
29 iyu 15:02:59
Memphis_7
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Oxirgi besh yilda Bavariya juda koʻp xato transferlar qildi Ernandes. De Light. Sane. Paliniya. Kim min Jay. Lamer. Gerero. Kuassi va yana bu roʻyxatga Keyn transferini ham qoʻshsa boʻladi
Sane 2019 kegan demak bu royxatda bolmaslik kk
   
29 iyu 14:02:31
Асилбек Муминов
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Men bu transferdan Bavariya yutadi deb oʻylamiman
Ввкт курсатади
   
29 iyu 14:01:43
leva 8989
Muhammadali Sirojiddinov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bavariya qaytib Ribire va Robben kabi oʻyinchilani topolmaydi va yana Muller kabini ham ulardaqa oʻynaydiganlar qaytib tugʻilmaydi
Muller ham ketdi...tirik afsona
   
29 iyu 14:01:17
Forrest Gump
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Lekin Chelsi xalqaro maydonda oxirgi besh yillikda Bavariyadan yaxshi natija qildiyu
Stabillik yo’qda. Oxirgi 3 yilda 1.3 mlrd yevro sarfladi, 40 dan ortiq o’yinchi xarid qildi.
   
29 iyu 13:35:29
Oliver Kan
Forrest Gump foydalanuvchining fikriga javob berish
Chelsidayam shu ahvol, royxatni ko’rsez kulasiz
Lekin Chelsi xalqaro maydonda oxirgi besh yillikda Bavariyadan yaxshi natija qildiyu
   
29 iyu 13:12:53
Forrest Gump
Oliver Kan foydalanuvchining fikriga javob berish
Oxirgi besh yilda Bavariya juda koʻp xato transferlar qildi Ernandes. De Light. Sane. Paliniya. Kim min Jay. Lamer. Gerero. Kuassi va yana bu roʻyxatga Keyn transferini ham qoʻshsa boʻladi
Chelsidayam shu ahvol, royxatni ko’rsez kulasiz
   
29 iyu 07:44:33
Oliver Kan
Oxirgi besh yilda Bavariya juda koʻp xato transferlar qildi
Ernandes. De Light. Sane. Paliniya. Kim min Jay. Lamer. Gerero. Kuassi va yana bu roʻyxatga Keyn transferini ham qoʻshsa boʻladi
   
29 iyu 07:38:19
Oliver Kan
Muhammadali Sirojiddinov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bavariya qaytib Ribire va Robben kabi oʻyinchilani topolmaydi va yana Muller kabini ham ulardaqa oʻynaydiganlar qaytib tugʻilmaydi
Bu roʻyxatga Noyer bilan Lamni ham qoʻshsa boʻladi
   
29 iyu 07:36:53
Oliver Kan
Асилбек Муминов foydalanuvchining fikriga javob berish
Бавария ютади бу трансфердан лучоди фойдаси катта
Men bu transferdan Bavariya yutadi deb oʻylamiman
   
29 iyu 00:21:36
Memphis_7
Ajoyin maqol uqb chqdm
   
28 iyu 23:03:08
Асилбек Муминов
Бавария ютади бу трансфердан лучоди фойдаси катта
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика