Messining goli va uzatmasi "Inter Mayami"ga "Nyu-Inglend Revolyushn" ustidan g'alaba keltirdi

2 noya 2026, 08:27
MLS doimiy chempionatining navbatdagi turida "Nyu-Inglend Revolyushn" va "Inter Mayami" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bahs mehmonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 53-daqiqada "Nyu-Inglend Revolyushn" yarim himoyachisi Daniel Gazdag tomonidan ochildi.

69-daqiqada "Inter" hisobni tenglashtirdi, Lionel Messining uzatmasidan so'ng Xerman Berterame gol muallifi bo'ldi. 83-daqiqada esa Leo o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.

"Inter Mayami" ushbu g'alaba tufayli "Nyu-Inglend Revolyushn"ni ortda qoldirib, Sharqiy konferenciyada 2-o'ringa ko'tarilib oldi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia