Riberi "Fiorentina"ni hurmatsizlikda aybladi
10 iyu 2021 20:39
Yangiliklar
Riberi "Fiorentina"ni hurmatsizlikda aybladi
"Fiorentina" sobiq vingeri Frank Riberi Florenciya klubi unga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lganidan norozi bo'ldi.
"Men Florenciyada ajoyib ikki yilni o'tkazdim. Jamoada yana bir mavsum qolmoqchi edim. "Fiorentina" uchun o'yinlarda bor kuchimni sarfladim, ammo men bilan hech kim shartnomani uzaytirish bo'yicha aloqaga chiqmadi. Men klubdan ko'proq hurmat ko'rsatishini kutgandim", – dedi 38 yoshli franciyalik.
Riberi "Fiorentina"dagi ikki mavsumda 51 o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.
Oldinroq yulduz futbolchi oldida Germaniya Bundesligasidan takliflar borligi aytilgandi.
O’xshash yangiliklar
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25
16:05
"Afrikada bir bo'lak non uchun har kuni ertalab 20 mil masofani bosib o'tadigan insonlar bor" 12
Fikrlar