So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

Rekordchi Ignatiy Nesterov 37 yoshga to'ldi Yangiliklar

Rekordchi Ignatiy Nesterov 37 yoshga to'ldi

Futbolchilar, murabbiylar, soha mutaxassislari, umuman o'zbek futboliga aloqador insonlarni tavallud ayyomi bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, ko'plab rekordlar sohibi tajribali darvozabon, 13 karra mamlakat chempioni Ignatiy Nesterov o'zining 37 yoshini nishonlamoqda. Hech bir futbolchi Nesterov singari 13 marta O'zbekiston chempioni bo'lmagan. Bu borada ikkinchi o'rinda 12 ta chempionlik bilan Temur Kapadze boryapti. Server Jeparov 10 ta oltin medal bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Ignat qayd etgan bunday rekordlar hali bisyor. Bunga hali yana to'xtalamiz.



Ignatiy Nesterov 17 yoshida Samarqandning "Dinamo" klubi tarkibida O'zbekiston chempionati oliy ligasida debyut qilgan. Oradan bir yil o'tib, aniqrog'i 2002 yilda u orzusidagi klub - "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Nesterov bir yil ichida "Paxtakor"ning birinchi raqamli posboniga aylandi. Mutaxassislar uni "Paxtakor"ning barcha davrlardagi eng yaxshi besh nafar darvozaboni safiga kiritgan. Ignatiyning ism-sharifi Yuriy Pshenichnikov (1960-1967, 1972), Nikolay Lyubarcev (1966-1971, 1975-1976), Aleksandr Yanovskiy (1979-1986) va Pavel Bugalo (1992-1999) bilan bir qatorda etirof etiladi.

Bugungi kun qahramoni darvozabonlar orasida O'zbekiston chempionatlarida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. 17 yoshida oliy ligada debyut o'yinini o'tkazgan Nesterov 400lik marrani zabt etgan ilk darvozabonga aylangan. Ayni paytda uning hisobida jami 427ta uchrashuv bor. Mana shu o'yinlarning 226tasida u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.



Nesterov 5 ta Osiyo Kubogida maydonga tushgan qitaning yagona futbolchisi hisoblanadi. U 2004, 2007, 2011, 2015 va 2019 yillardagi qita Kubogida o'ynagan. Bunday natijaga sariq qitaning hech bir futbolchisi erishmagan. SHuningdek, Nesterov o'tgan yil BAA yashil maydonlarida o'tgan Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi rekordini ham takrorladi. Gap shundaki, Osiyo Kubogida terma jamoamiz safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Timur Kapadze hisoblanardi. Uning hisobida 17 ta o'yin bor edi. Nesterov 1/8 final doirasidagi Avstraliyaga qarshi kechgan uchrashuvda 17-o'yinida maydonga tushdi. Odil Ahmedov va Anzur Ismoilov hisobida 13 ta o'yin bor.

Osiyo Kuboklarida eng ko'p maydonga tushgan o'zbekistonlik futbolchilar:


Timur Kapadze, Ignatiy Nesterov - 17 tadan o'yin
Server Jeparov - 15
Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov - 13
Aleksandr Geynrix - 12
Maksim SHackix, Sanjar Tursunov - 10
Vitaliy Denisov, Viktor Karpenko - 8

Bu hali hammasi emas. O'zbekiston kubogi finallarida eng ko'p ishtirok etgan darvozabon ham aynan Ignatiy hisoblanadi. Nesterov hisobida 11 ta final bor. U darvozabonlar orasida O'zbekiston kubogida g'olib chiqish bo'yicha rekordchi sanaladi. Nesterov 11 marotaba kubokni boshi uzra baland ko'targan. SHuningdek, tajribali posbon uchta jamoa ("Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv") safida kubok finalida o'ynagan va barcha klublari bilan O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan yagona darvozabondir. Ignatiy O'zbekiston kubogi finallarida o'z darvozasidan 10 ta gol o'tkazib yuborgan.



Denis Ivankov, terma jamoa darvozabonlari murabbiyi

- Avvalambor, Nesterovga kattadan-katta rahmat aytish lozim. Ignatiyga uning professionalligi, ishga bo'lgan munosabati, o'yinlari, seyvlari va Vatan uchun qilgan mehnatlari uchun tashakkur! Umid qilamanki, uning diskvalifikaciya muddati belgilanganidan kam bo'ladi. Nesterovning terma jamoadagi faoliyatini tugatish qarori alamli mag'lubiyatdan keyingi qizishib ketish natijasida aytilgan gap deb qabul qilaman. Hali shoshmaslik kerak. Balki ertaga hammasi boshqacha tus olishi mumkin. Har qanday holatda ham Ignatiy olqishlarga loyiq darvozabon. Fursatdan foydalanib, mehnatkash hamkasbimni bugungi tavallud ayyomi bilan O'zbekistondagi barcha darvozabonlar nomidan tabriklayman!



Malumot uchun, Ignatiy Nesterov faoliyati davomida “Samarqand-Dinamo” (2001), “Paxtakor” (2002-2009), “Bunyodkor” (2009-2013), “Lokomotiv” (2014-2018), “Ohod” (Saudiya Arabistoni) jamoalari sharafini himoya qilgan.

Fursatdan foydalanib, Ignatiy Nesterovni bugungi tavallud ayyomi bilan saytimiz ijodiy guruhi hamda uning muxlislari nomidan muborakbod etamiz. 



Kamoliddin Alimov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика