Dalot MYU Mbeumo va Kunya bilan shartnoma imzolaganidan xursand, chunki u endi ularga qarshi o'ynashga majbur emas
31 iyu 12:06
Yangiliklar
Dalot MYU Mbeumo va Kunya bilan shartnoma imzolaganidan xursand, chunki u endi ularga qarshi o'ynashga majbur emas
"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot o'tgan mavsum klubning yangi xaridlari unga ko'p muammolarni keltirib chiqarganini tan oldi.
Va u endi bunday bo'lmasligidan xursand.
"Ular hozir biz tomonda ekanidan juda xursandman, chunki har safar ularga qarshi o'ynaganimizda, bizga doimo boshog'riq bo'lishardi.
Ochig'i, ular mamlakatga moslashish borasida hech narsadan aziyat chekishmaydi, chunki ular ligani juda yaxshi bilishadi.
Bu yigitlar uzoq vaqtdan beri Premer-ligada o'ynashadi, shuning uchun endi klub mavqeyini qaytarishga harakat qilishlari kerak.
Ular katta o'yinchilar va juda kamtar yigitlar. Aynan bizga kerakli narsa – har kuni kuchayishni xohlash. Ular kirishib ketishdi, buni darhol his qildik", – dedi Dalot.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar