Reyes to'rtinchi marotaba UEFA Kubogi/Evropa ligasida g'alaba qozonib rekord o'rnatdi
28 may 2015 10:17
Yangiliklar


Reyes to'rtinchi marotaba UEFA Kubogi/Evropa ligasida g'alaba qozonib rekord o'rnatdi
"Sevilya" yarim himoyachisi Xose Antonio Reyes Evropa ligasi finalida "Dnepr" ustidan g'alaba qozonib, UEFA Kubogi/Evropa ligasini to'rt marotaba yutgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
31 yoshli futbolchi o'tgan mavsum ham "Sevilya" bilan ushbu musobaqa g'olibiga aylangan edi. Bungacha Reyes bu turnirda "Atletiko" bilan ikki marta (2010, 2012) chempionga aylangan.
Yozda Reyesning "Sevilya" bilan shartnomasi yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.

Fikrlar