Rednapp futbol o'yini uchun ikkita o'zgarish taklif qildi
04 mar 2019 15:49
Yangiliklar


Rednapp futbol o'yini uchun ikkita o'zgarish taklif qildi
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Rednappning fikricha, futbolga bazi yangiliklar kiritilsa o'yin muxlislari soni ortishi mumkin.
"Agar futbol uchrashuvining bo'limlari 20 daqiqadan bo'lsa, o'yin boshqacha o'tardi. CHunki hozir 90 daqiqa harakat qila oladiganlar bunchalik muhim bo'la olishmasdi. Siz maydonga gol ura oladigan portlovchi futbolchilar tushishini istardingiz.
Bundan tashqari o'yin paytida musiqani yoqib qo'yish mumkin. O'g'lim shug'ullanayotganda bazida musiqani yoqib qo'yadi. SHunda farqni ko'rasiz. "CHelsi" akademiyasida bolalar bilan shu usulni qo'llashadi. Musiqa ularga yoqadi" - deydi Rednapp.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar