So’nggi yangiliklar

21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  4 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  6 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  3 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  18 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  4 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  3

Bizda ham plyaj futboli bo'ladimi? Yangiliklar

Bizda ham plyaj futboli bo'ladimi?

Bahor oylarida OFK va FIFA katta musobaqa o'tkazdi.

Dastlab 20-30 mart kunlari Tailandda plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati tashkil etildi. Bunda 16ta terma jamoa ishtirok etdi.

"A" guruhi: Tailand, Livan, Kuvayt, Hindiston.
"B" guruhi: Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq.
"C" guruhi: Eron, BAA, Indoneziya, Afg'oniston.
"D" guruhi: O'mon, Bahrayn, Malayziya, Vetnam.

Yakuniy o'rinlar: Eron - chempion, O'mon - ikkinchi, Yaponiya - uchinchi.

So'ngra 1-11 may kunlari Afrika qitasining Seyshel orollarida plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Bu musobaqada ham 16ta terma jamoa bahs olib bordi.

"A" guruhi: Belarus, Yaponiya, Gvatemala, Seyshel orollari.
"B" guruhi: Portugaliya, Eron,Paragvay, Mavritaniya.
"C" guruhi: Senegal, Ispaniya, Chili, Taiti.
"D" guruhi: Braziliya, Italiya, O'mon, El Salvador.

Har ikki musobaqani ham imkon qadar kuzatib, voqealarni saytimizga berib borishga harakat qildik. Ayniqsa Jahon chempionati juda zo'r o'tdi. Braziliya plyaj futboli bo'yicha tengsiz ekanligini yana bir karra isbotlab o'z tarixida 7-bor oltin medallarga ega chiqdi. Mundialda agar Rossiya ham qatnashganida yanada qiziq bo'lardi, biroq siyosat sabab qo'llanilayotgan sankciya mamlakat sportiga jiddiy tasir o'tkazdi.

Rossiyasiz xalqaro musobaqalar birmuncha zerikarli o'tarkan. Buni UEFA ham, FIFA ham tushunib boryapti. Shu bois keyingi Evropa va Jahon chempionatlariga Rossiya uchun eshiklar ochilishi mumkin.

Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatini FIFA yaxshi yoritdi. Har o'yindan vaziyatlar, suratlar va fikrlar berib borildi. Yakuniy o'rinlar esa quyidagicha bo'ldi: Braziliya - chempion, Belarus - ikkinchi, Portugaliya - uchinchi.

Mundialda Osiyoning uchta jamoasi qatnashgan bo'lsa, O'mon guruhdan chiqa olmadi. Eron va Yaponiya guruhdan chiqib chorak finalda o'z yurishini to'xtatdi. Endi navbatdagi Osiyo chempionati ikki yildan so'ng o'tkaziladi. Mundial ham shunday: ikki yildan keyin bo'lib o'tadi. Keyingi Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ham bo'ladimi?

Endilikda shu savol kun tartibiga chiqadi. Yangi tashkil qilingan O'zbekiston futzal federaciyasi oldida bir qator ishlar turibdi. Shulardan biri plyaj futboliga bo'lgan tiborni oshirish va sportning bu turini rivojlantirishga hissa qo'shish. O'zbekistonda futbol va futzal juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ammo plyaj futbolida muammolar etarlicha.

Avvalo qumli maydon masalasi muammo. Aksar o'quvchilarimiz bizda dengiz yo'qligi uchun plyaj futboli rivojlanmasligini aytmoqda. Balki shundaydir, balki rivojlantirsa bo'lar. Buyog'i mutaxassislar bosh qotirishi kerak bo'lgan masala. Lekin shunisi aniqki, O'zbekiston ham paytida Osiyo chempionatlarida qatnashgan.

Xusasan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionati shu paytgacha 11 marta o'tkazilgan bo'lsa, shundan 6 tasida O'zbekiston qatnashgan.

Plyaj futbolini rivojlantirish uchun avvalo FIFA va OFK standartlariga javob beruvchi qumli maydonga ega bo'lishimiz talab qilinadi. Bizda adashmasam bitta shunday maydon bor: Qarshidagi "Geolog" sport majmuasi hududida joylashgan. Lekin bu maydon hozir qay holatda, qumi yaxshimi, buni bilmaymiz. O'tgan yil yozda shu maydonda O'zbekiston chempionati o'tkazilib, 10ta jamoa ishtirok etdi va Buxoroning "Oil Star" jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.

Yaqinda O'FF rasmiy telegram kanalida plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga murabbiylar tayinlangani haqida xabar chiqdi. Unga ko'ra, Ahad Yusupov bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. Farhod Mirahmedov bilan Jamoliddin Sharipov uning yordamchilari vazifasini bajaradi, Abdukarim Muhamedov esa darvozabonlar bilan ishlaydi.

Terma jamoa murabbiylari aniqlab olindimi demak, O'zbekistonda plyaj futboli bo'yicha terma jamoa tuziladi. Katta ehtimol bilan ichki chempionat ham o'tkazilsa kerak. Terma jamoa oldiga Osiyo chempionatida munosib ishtirok vazifasi qo'yiladi.

Aslida plyaj futboli bizga kerak. Chunki biz issiq o'lkadamiz va yoshlikdan hamma qum o'ynab katta bo'lganmiz. Qumda futbol o'ynamagan bo'lsak ham qumda oyoqyalang yurishni, qum sochib turli o'yinlar o'ynashni yaxshi ko'ramiz. Yoshligimizda kattalar bejizga issiq qumda oyoqyalang yursang kasal bo'lmaysan deb aytmasdi. Hozir hamma joy shaharlashib borgan sari qum kamayib ketdi. Bori ham qurilishdan ortmayapti.

Qaniydi yosh avlod baquvvat va chidamli bo'lishi uchun qumli maydonlar ko'p bo'lsa. Braziliyada bolalar yoshlikdan qumda koptok tepib katta bo'ladi. Qumda futbol o'ynash og'ir, lekin qum tanaga rohat beradi, oyoq maza qiladi. Shunday ekan, agar O'zbekistonga plyaj futboli kerakmi deb savol qo'yilsa, shaxsan men ikki qo'limni ko'tarib Ha deyman.

X.Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

+3   
18 may 22:14:13
UmiD Aliev
Basketbol Volleybol ganbol ga urg'u berilsin
Futol,futsal yetvotti shundog'am
+3   
18 may 22:13:25
♔͜͡͡☆͜͜͡ᴋ͜͜͡ ͜͡ɪ͜͡ ͜͜͡ɴ͜͡ ͜͜͡͡ɢ͜͡☆͜͡♔
Maqola oʻzi nima haqda edi, nimaga oʻrtasida umuman bogʻliq boʻlmagan Rossiyani Futbol musobaqalariga qaytarilishi kerakligini yozib ketganmi, yo nima aloqasi borey shuni, tushunmadim)
   
18 may 22:32:15
йуцу цйвцв ывыжфдвыф в
Kechirasizkuya kerakmas, yana ortiqcha rasxod, boribam "крупный счёт"la bilan yutqazib qaytib kelaveradi, har xil Osiyo OAVlarida keyin hamma kulishni boshlaydi, o'zi shundog'am forslarga o'xshaganla O'zbekistonni futbol a'loqasi bor sportda xalqaro maydondagi sal yomon natijalarini poylab o'tirishadi! Ana masalan mendan oldin aytkan bir user gapiga qo'shilaman, biron jamoaviy sportni rivojlantirishi kerak bo'lsa basketbol, voleybolla bor, O'zbekistonda bu sport turlariga qiziqadiganla ko'p. Shu sport turlarida prof chempionat uyoda tursin xatto xavaskor darajasida biron tuzu bir turnir yo
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика