So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

"Bunyodkor" "Navbahor" bilan o'yinda adolatsizlikka uchradimi? Superliganing 10-turidagi hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

"Bunyodkor" "Navbahor" bilan o'yinda adolatsizlikka uchradimi? Superliganing 10-turidagi hakamlik faoliyati tahlili

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan Superliganing 10-tur o'yinlaridagi bahsli holatlarni tahlil qildi.

"Sho'rtan" - "Andijon"

Hakamning "Andijon" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatish va jarima zarbasi belgilash borasidagi yakuniy qarorini qo'llab-quvvatlayman. VAR bu epizodga to'g'ri aralashdi, chunki bu gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilish holati edi. Birinchi navbatda shuni takidlash kerakki, "Andijon" himoyachisining yonida, agar hujumchi to'p uchun kurashda g'alaba qozonsa, to'pni olib qo'yishi mumkin bo'lgan sheriklari yo'q edi. Hujumning keyingi bosqichida hujumchi darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqish imkoniyatiga ega bo'lardi.

VIDEO


"Sho'rtan" - "Andijon"

Bu vaziyatda ham hakamning yakuniy qarorini qo'llab-quvvatlayman. VAR yana epizodga to'g'ri aralashdi. "Sho'rtan" futbolchisini maydondan chetlatish uchun etarli asoslar topish qiyin: to'g'ri, u dastlab sakrab, oyog'ini baland ko'tardi, lekin keyin uni maysa ustiga tushirdi, to'qnashuv (kontakt) paytida raqib oyog'ini ezib yubormadi va "sindirmadi". Shu bilan birga, hakam o'zining dastlabki qaroriga mutlaq ishonch bildirmayotgandi. Norasmiy tavsiya: agar ishonchingiz komil bo'lmasa, biror qaror qabul qilmang. Ushbu vaziyatda hakam o'z qaroriga ishonchi komil bo'lmagani uchun, "engilroq jazo"ni tanlashi va darhol sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi.

VIDEO


✅❌ "Bunyodkor" - "Navbahor"

Hakam uchun unchalik qiyin bo'lmagan holat. "Bunyodkor" o'yinchisi birinchi bo'lib to'pga tegingach, "Navbahor" himoyachisi uning oyog'idan chaldi. Penalti to'g'ri belgilandi. Bundan tashqari, qoidani buzgan o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi (biroq hakam bu ishni amalga oshirmadi - tahririyat).

VIDEO


✅✅ "Bunyodkor" - "Navbahor"

VAR epizodga to'g'ri aralashdi, video ko'rikdan so'ng penalti to'g'ri belgilandi. "Bunyodkor" himoyachisining zarbani to'xtatishga urinib, sirpanib to'sish harakatini bajargan qo'li tanasidan uzoqlashgan va uning maydonini g'ayritabiiy tarzda kengaytirgan.

Penaltini qayta tepish qaroriga kelsak, bu erda ham hamma narsa to'g'ri. "Bunyodkor" darvozaboni qoidani buzmagan va "nuqta"dan berilgan zarbani qaytargan. Biroq shu paytda "Bunyodkor" sardori zarbadan oldin jarima maydoniga kirib kelgan va birinchi bo'lib to'pni tepib yuborgan. Qizig'i, penalti takroran ijro etilganda ham "Bunyodkor" sardori yana muddatidan avval jarima maydoniga kirgan, ammo bu safar avvalgidek yaqqol holatda emasdi. Agar darvozabon zarbani yana qaytarganida va sardor yana to'pga tekkanda, hakam penaltini qayta belgilashga majbur bo'lardi.

VIDEO


"Bunyodkor" - "Navbahor"

VARning to'g'ri aralashuvi natijasida "Bunyodkor"ning goli bekor qilindi. Hujum fazasidagi qoida buzilishi sodir etilgan: "Bunyodkor" o'yinchisi "Navbahor" futbolchisining libosidan ushlab qoldi, shu tariqa uni kurashdan chiqarib yubordi va zarbani to'sishga urinish imkoniyatidan mahrum qildi.

VIDEO


"Bunyodkor" - "Navbahor"

Dastlab "Navbahor" jamoasi o'yinchisi qo'pollik ishlatdi. "Bunyodkor" o'yinchisining qo'polligi xususida esa - raqib bilan to'qnashuvda tasir darajasi aniq ko'rinmadi. Hakamning epizodni ko'rish uchun monitor qarshisiga borishi o'rinli edi. U o'zining dastlabki qarorini sariq kartochka ko'rsatishga o'zgartirish uchun etarli asosga ega bo'ldi.

VIDEO


"Xorazm" - "Mashal"

Mening fikrimcha, hakam o'yinni to'g'ri ravishda davom ettirdi. To'p aslida "Xorazm" himoyachisining qo'liga tegmadi, agar tekkan bo'lsa ham, bu darvozabon to'pni qaytargandan keyin sodir bo'ldi. Bunday holatlarda to'pning qo'lga tegishi jazolanmaydi. Shuningdek, qo'l pastda va tanaga yopishgan edi. To'pning holatiga kelsak, u darvoza chizig'ini kesib o'tmadi.

VIDEO


✅❌ "Qizilqum" - "Paxtakor"

"Qizilqum" darvozasiga belgilangan penalti to'g'ri qaror hisoblanadi. Himoyachi to'pga o'ynamoqchi bo'lib, "Paxtakor" o'yinchisining oyog'iga urildi va uni harakatdan to'xtatdi. Bu holatda penalti belgilanishi va qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim (biroq hakam "Qizilqum" futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatmadi - tahririyat).

VIDEO


Shu tariqa, Superliganing 10-tur o'yinlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi. Ikkala holatda ham penalti belgilangan epizodlar uchun sariq kartochkalar ko'rsatilmadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
20 may 14:40:15
Barcamania_2016
Бунёдкор - Навбаҳор ўйинида ҳакам умуман хато қилмабди. Лекин, сарлавҳа билан эксперт фикри умуман тескари.
+2   
20 may 13:56:49
From Earth
Руслардан бошқа эксперт қуриб қолганми?
+2   
20 may 13:51:04
Muhsin 1986
Россиялик собик хакам эксперт) руслар нукул норозию хакамларимиз тупой деб)
+1   
20 may 13:47:40
Abdumutalibjon Dolimov
СЕН оққулоқ ўзингни ким деб ўйлаяпсан. Сендан биров суперлига ўйинларини тахлил қилиб бер деп сўраяптими. СЕН ўзингни лигангни тахлил қил, бизларникилар аралашма шу чичқоқ хакамларимизни тарафини олиб.Ўзи шундоқ ҳам хакамларимиз чичиб ҳамма ёқни расво қилиб бўлишди.
+1   
20 may 13:46:27
Ulugbek Dehqonboyev
Шуртан андижон уйинида.экспертни.гапини.укиб.эксперт.шунчалик.мол.буладими.шуртан.уйинчиси андижон уйинчисини.ойогини.синдирганда.кизил.булиши.мумкин.эдикан.харом.хурлар.шунака.экспертларни.каердан.топади.
   
20 may 21:39:06
JAFAR FCQIZILQUM
Chempion
   
20 may 16:52:24
Ulugbek Dehqonboyev
Шуртан.андижон.уйинида.хамма.гап.варда.утирган.пидараз.и.и.да.шу.харомхур.3.марта.каторасига.андижон.зарарига.ишлаяпди.качонгача.кузи.очик.булиб.туриб.кузи.ожиздек.курмасликки.олишади.ишонмасанглар.шу.и.и.ишлаган.андижон.уйинларини.куринглар.
   
20 may 14:31:05
Karimov.
буйни мол сикур оегини синдириш керакмиди
   
20 may 13:42:14
Abroriddin Qodirov
Yana yonini olish Xakamlar di Xuddi o'sha Vaziyat o'tgan yili nasafdi o'yinda bo'lgan edi va Xakam Qizil bergan kegn xakamlar qo'mitasi bu natogri qaror deb chiqargan Ozi bu Pravila degan narsa umuman Ishlamayapti bir vaziyat ta penalti beriladi boshqasi da esa yo'q qani odalat bu yerda faqat birini kotini Yopish Bu yerda Boshqa narsa emas...
-1   
20 may 17:06:07
Baxtiyor MYu
Abdumutalibjon Dolimov foydalanuvchining fikriga javob berish
СЕН оққулоқ ўзингни ким деб ўйлаяпсан. Сендан биров суперлига ўйинларини тахлил қилиб бер деп сўраяптими. СЕН ўзингни лигангни тахлил қил, бизларникилар аралашма шу чичқоқ хакамларимизни тарафини олиб.Ўзи шундоқ ҳам хакамларимиз чичиб ҳамма ёқни расво қилиб бўлишди.
Бетараф мутахассис сифатида экспертлик қилишини ўзимиз сўраганмиз. Яъни сайт ходимлари билан договор бор
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика