"Cementchi" "Aral" bilan o'yin uchun Nukusga bormaydi. Jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi
20 may 2025 12:42
Yangiliklar
"Cementchi" "Aral" bilan o'yin uchun Nukusga bormaydi. Jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi
O'zbekiston Kubogi "A" guruhining 3-turiga kelib "Cementchi" Nukusga bormasligini malum qildi, deb xabar berdi PFL matbuot xizmati.
Mazkur bellashuvdagi g'alaba "Cementchi"ni navbatdagi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Shunga qaramay, jamoa rahbariyati yuqoridagi qarorni lozim deb topdi.
Avvalroq "So'g'diyona" mazkur guruhni peshqadam sifatida yakunlashi aniq bo'lib ulgurgandi. Bu jizzaxliklarga nimchorak final bellashuvini "So'g'diyona" stadionida qabul qilish imkonini beradi. "Aral" esa guruhning ikkinchi jamoasi sifatida 1/8 finalni raqib maydonida o'tkazadi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar