38 yoshli Vardi nima uchun faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini tushuntirdi
16 may 11:18
Yangiliklar


38 yoshli Vardi nima uchun faoliyatini yakunlash niyati yo'qligini tushuntirdi
"Futbol – aqldan ozgan dunyo. Nima bo'lishini hech qachon bilmaysiz. Oyoqlarim to'xtashimni aytmaguncha davom etaman. Oyoqlarim bilan hammasi joyida", – dedi Vardi.
Vardi aprel oyi oxirida "Lester"ni tark etishini elon qilgandi. U joriy mavsum "tulkilar" safida 35 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vardi bir nechta to'purarlik rekordlariga ega. Umumiy hisobda u "Lester" tarkibida 499 o'yinda 149 ta to'p kiritgan hamda 71 ta golga assistentlik qilgan
Jeymi Vardi "Lester"ga 2012 yilda beshinchi diviziondagi "Flitvud" klubidan 1 mln funt sterling evaziga kelib qo'shilgan. "Tulkilar" safida o'ynab, Vardi har bir yirik sovrinni, jumladan, Premer-liga, Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, Chempionshipni (2 marta) yutishga ulgurdi. Shuningdek, u APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi (2016) deb topilgan va "Oltin butsa"ni qo'lga kiritgan.
Premer-ligadagi debyutini kech o'tkazganiga qaramay (27 yoshida), Vardi musobaqaning barcha davrlardagi etakchi hujumchilari Dide Drogba, Krishtianu Ronaldu, Ruud van Nistelroy, Fernando Torres, Nikolya Anelka, Romelu Lukaku, Duayt York va Luis Suaresdan ko'proq gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar