"Real"ning "Leganes"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi elon qilindi
29 okt 2019 21:15
Yangiliklar


"Real"ning "Leganes"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi elon qilindi
"Real" La Liga 11-turi doirasida "Leganes" bilan bo'ladigan uchrashuv uchun qaydnomani malum qildi.
Tarkibdan kutilganidek, Beyl va Xames tushib qolishgan. Uelslik futbolchi shaxsiy muammo sabab Londonga jo'nab ketgan va u erda jarohatidan tiklanishni davom ettiradi. Kolumbiyalik yarim himoyachi esa farzandli bo'lganligi tufayli Kolumbiyada bo'lib turibdi.
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube;
Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Benjamen Mendi;
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Federiko Valverde, Isko;
Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Luka Yovich, Lukas Vaskes, Rodrigo Goes.
"Real" – "Leganes" uchrashuvi ertaga, 30 oktyabr kuni o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar