"Real" muxlislari jamoa vingerini xushtaklar bilan kutib oldi
22 apr 2019 00:05
Yangiliklar


"Real" muxlislari jamoa vingerini xushtaklar bilan kutib oldi
Ispaniya chempionatining 33-turida Real o'z maydonida Atletikni qabul etib, Benzemaning xet-trigi evaziga yirik (3:0) hisobida g'alabaga erishdi.
«Qirollik klubi» yarimhimoyachisi Garet Beyl bahsni zaxira o'rindig'ida boshlagandi. Beyl ikkinchi taymda Lukasning o'rniga maydonga tushishi bilan «Santyago Bernabeu»dagi muxlislar unga qarata norozilik kayfiyati bilan xushtaklar chalishgan. Xushtakbozliklar u har to'pga teginganida davom etgan.
Avvalroq, 29 yoshli uelslik futbolchi «blankoslar»ni tark etish niyati yo'qligi haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar