"Real" Kuboni "Vilyarreal"ga ijaraga bermoqchi
05 avg 2020 23:23
Yangiliklar
"Real" Kuboni "Vilyarreal"ga ijaraga bermoqchi
Madridning "Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Takefusa Kuboni navbatdagi mavsumda ham ijaraga berib yuborishni rejalashtiryapti.
Goal.com nashri xabar qilishicha, "Qirollik klubi" 19 yoshli yaponiyalik futbolchini "Vilyarreal"ga ijaraga bermoqchi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuvga o'yinchini kelajakda sotish yoki sotib olish to'g'risidagi band kiritilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Kubo o'tgan mavsumni "Malorka" safida o'tkazdi va La Liga doirasida 35 uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi 4 gol, 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar