PSJ "Real Madrid" yulduzini qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda
07 iyu 09:35
Yangiliklar
PSJ "Real Madrid" yulduzini qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda
PSJ Madridning "Real" jamoasi vingeri Rodrigoni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Manbaga ko'ra, parijliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqan va uning transferi bo'yicha muzokara olib borish imkonini muhokama qilgan. Avvalroq Rodrigoga Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi ham qiziqish bildirgan, shuningdek, "Real"ning o'zi ham uning transferi yuzasidan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekani aytilgan edi.
O'tgan mavsum Rodrigo barcha musobaqalarda jami 51 ta o'yinda qatnashib, 14 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.
Lekin Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimiga kelganidan so'ng, Rodrigoning klubdagi o'rni sezilarli darajada pasaydi — u klublar o'rtasidagi JCHda ham etarlicha amaliyot olayotgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar