"Arsenal" 65 mln evrolik transferni elon qildi
06 iyu 16:12
Yangiliklar


"Arsenal" 65 mln evrolik transferni elon qildi
"Arsenal" klubi rasmiy saytida yarim himoyachi Martin Subimendi "Real Sosedad"dan transfer qilinganini elon qildi.
Takidlanishicha, 26 yoshli futbolchi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
Avvalroq, jurnalist Fabricio Romano "kanonirlar" ispaniyalik futbolchining transferi uchun taxminan 65 mln evro to'lashi haqida xabar bergan edi. Bu summa bir necha bosqichda o'tkaziladi.
Futbolchi o'tgan mavsum "Real Sosedad" safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali 26 yoshli yarim himoyachining narxini 60 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar