Rayola MYU futbolchisini "Yuventus"ga olib o'tishga tayyor
20 mar 2020 20:25
Yangiliklar
Rayola MYU futbolchisini "Yuventus"ga olib o'tishga tayyor
"Yuventus" ayni damda "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba uchun davogar bo'lib turibdi.
"Tuttosport" xabariga ko'ra, futbolchining agenti Mino Rayola "Yuventus" rahbarlari bilan bog'langan va transferni muhokama qilgan. 27 yoshli francuzning sobiq jamoasiga qaytishi 100 mln evro evaziga amalga oshishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Pogbaning o'zi ham jamoadan ketishni istamoqda. Ancha vaqtdan buyon jarohatini davolash bilan band bo'lgan Pogba joriy mavsum APLda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
11:39
"Real" keyingi yozda "Manchester Siti" etakchisini sotib olish uchun barcha imkoniyatni ishga soladi 11
Fikrlar