Rayan Giggz: "Jeyms - sen kiyim almashtirish xonasida ko'rishni xohlaydigan futbolchi"
20 avg 2019 21:50
Yangiliklar


Rayan Giggz: "Jeyms - sen kiyim almashtirish xonasida ko'rishni xohlaydigan futbolchi"
Uels milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Rayan Giggz hamyurti va MYUning yangi azosi Deniel Jeyms haqida gapirdi.
"Sulsher mendan u haqida so'radi va bu savolga men Jeyms katta salohiyatga ega futbolchiligini aytib javob berdim. U juda tezkor va sen kiyim almashtirish xonasida ko'rishni xohlaydigan yigit. Unga maslahat berish juda oson, negaki u iqtidor.
Deniel dastlab har kimni tezkorlik bilan ortda qoldiradi. U oxirgi pallalarda tezlik qo'sha oladi. O'tgan yili uning "Suonsi"dagi o'yinlarini kuzatdim va Jeyms CHempionshipda to'p tepayotgan deyarli har bir himoyachini yorib o'tdi", - deydi Giggz.
21 yoshli uelslik yarim himoyachi APLning 2 ta o'yinida 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar