So’nggi yangiliklar

07:30"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 4:0 (Матнли трансляция)  7 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  1 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

Ravshan Xaydarov: Tailanddagi musobaqadan OCHga tayyorgarlik ko'rish uchun foydalanamiz Yangiliklar

Ravshan Xaydarov: Tailanddagi musobaqadan OCHga tayyorgarlik ko'rish uchun foydalanamiz

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Tailandda bo'lib o'tayotgan "M-150 Cup" musobaqasi haqida fikr bildirdi.

"Bizga bu musobaqada qatnashish taklifi berilganda bajonidil rozi bo'ldik. CHunki Tailanddagi turnir orqali yanvar oyida Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionatiga tayyorlanib olishni maqsad qilgan edik.

Ayni vaqtda kuniga ikki mahal mashg'ulot olib borilmoqda va futbolchilarning tayyorgarlik darajasini Myanma va Vetnamga qarshi o'yinlar orqali ko'rib olmoqchimiz. Aynan shu sababga ko'ra musobaqa tashkilotchilaridan iltimos qilib, zaxira almashtirishlari sonini uchtadan oltitaga ko'paytirdik. Biz imkon qadar ko'proq futbolchilarni sinovdan o'tkazishni maqsad qilganmiz.

Futbolchilarning sport formasini Osiyo chempionatiga qadar yuqori darajaga olib chiqish kerak. Ayni vaqtda ular optimal formada bo'lmasligi tabiiy. Bizning bu musobaqadan maqsadimiz ham ularning sport formasini ko'tarish va o'yin amaliyotini taminlab berish.

Bizda mavsum yaqinda yakuniga etdi. Aynan shu sababga ko'ra "Bunyodkor" bilan O'zbekiston Kubogi finalida o'ynagan Dostonbek Hamdamov va Rustam Ashurmatovlar alohida dastur bo'yicha tayyorlanyapti. Otabek SHukurov, Mirjamol Qosimov hamda Akrom Komilov uchun ham maxsus dastur ishlab chiqilgan.

SHuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida bo'lgan Odil Hamrobekov ham hozircha maydonga tushishga to'liq tayyor emas. Bu futbolchilar Xitoyda bo'ladigan qita birinchiligiga optimal formada borishi lozim.

Tailandda bo'ladigan yig'inda terma jamoa tarkibi va o'yinini shakllantirish davom etmoqda. Bu musobaqa Osiyo chempionatiga tayyorgarlikda qo'l kelishiga ishonaman", - deydi Ravshan Haydarov.



Reyting: -115   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика