Ravshan Ermatov JCH-2014da eng yaxshi uch hakamdan biri bo'lib qolmoqda
27 iyu 2014 16:32
Yangiliklar
Ravshan Ermatov JCH-2014da eng yaxshi uch hakamdan biri bo'lib qolmoqda
Ravshan Ermatov Worldreferee.com sayti versiyasi bo'yicha jahon chempionatidagi eng yaxshi arbitrlar uchligida egallagan o'rnini saqlab qoldi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
Worldreferee.com sayti muxbirlari Ermatovning Germaniya – AQSH o'yinidagi hakamligini 6 ball bilan baholagan bo'lsa, sayt foydalanuvchilari unga 8,8 ball qo'yishdi, deb yozadi Daryo.uz.
Ayni paytda Ermatov 7,8 ball bilan mundial matchlarini boshqargan hakamlar ichida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, 26 iyun kuni Ravshan Ermatov Germaniya va AQSH jamoalari o'rtasidagi bahsga hakamlik qildi. Bu uning jahon chempionatlaridagi sakkizinchi matchi bo'ldi.
Hamyurtimiz u kabi sakkizta uchrashuvni boshqargan Joel Kinyu (Franciya), Xorxe Larrionda (Urugvay) va Benito Archundia (Meksika)lar rekordini takrorladi.
Ravshan Ermatov 2010 yil JARda bo'lib o'tgan futbol bo'yicha jahon chempionatida beshta uchrashuvga hakamlik qilgan. Joriy turnirda esa u uchta matchni boshqarishga ulgurdi, uning yangi rekord o'rnatish ehtimoli katta.

Fikrlar