So’nggi yangiliklar

10:14"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Каримжонов Искандар  0 10:08Рэтклифф нима сабабдан тен Хагни ишдан олмаганини тушунтириб берди  1 09:37"Барселона"нинг бир йўлла икки нафар етакчиси кечаги учрашувда жароҳат олди  2 09:20Гампер Кубоги. "Барселона" - "Монако" 0:3, "Барса" ҳимоячиларининг хатоси "Монако"нинг иштахасини очиб юборди  3 09:05"Челси" 10 нафар футболчисини сотувга қўйди  2 08:40Туркия чемпионати. "Ризеспор" - "Истанбул Башакшехир" 1:1, Алиқулов ўз услубида жамоани қутқариб қолди   1 08:32"Барселона" тақдирга тан берди. Каталонияликар Уильямснинг ўрнига уч нафар футболчидан бирини сотиб олмоқчи  2 08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  9 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  6 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  9 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  1 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  17 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   5 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   3

Ravshan Bozorov: “Haqqulobodda mahalliy yoshlarni yuzaga chiqarishga jiddiy etibor qaratamiz” Yangiliklar

Ravshan Bozorov: “Haqqulobodda mahalliy yoshlarni yuzaga chiqarishga jiddiy etibor qaratamiz”

Bir necha yillik tanaffusdan so'ng nihoyat bu yil yana birinchi ligada ishtirokini davom ettiradigan Haqqulobodning “Norin” jamoasi chempionatga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Klub boshqaruvi postiga taniqli sobiq futbolchi Ravshan Bozorov olib kelindi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Surxondaryo o'g'loni yanvar oyidan buyon “Norin”ni mavsumga tayyorlamoqda. Kelgusi hafta birinchi liga o'yinlariga ham start beriladi. Xo'sh, Ravshan Bozorov jamoasida nima gap? “Norin” mavsumga tayyormi? SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida murabbiyga murojaat qildik.

- Ravshan aka, avvalo “Norin” jamoasida ish boshlashingiz qay tariqa amalga oshgani xususida aytib o'tsangiz?
- “Norin” jamoasi o'z tarixiga egadir. Haqqulobodlik futbol fidoiylarining tashabbusi bilan jamoa bu yil yana birinchi ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Klub mutasaddilari Davronbek Karimov va Murodjon Sobirovlarning taklifiga binoan “Norin”da ishlashga qaror qildim. Ularning niyati ulkan. Eng avvalo tumanga katta futbolni qaytarish va o'sib kelayotgan yoshlarni yuzaga chiqarishdir. SHu bois yanvar oyidan buyon jamoada ishlashga qaror qildim. Bu erga kelgunimga qadar esa Toshkentda “Lokomotiv” futbol maktabida yoshlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandim.

- Jamoadagi futbolchilar bilan tanishib chiqqan bo'lsangiz kerak. Har qanday murabbiy yangi jamoada ish boshlagach, tarkibda o'zgarishlarga qo'l urishi turgan gap. Bu borada “Norin”da qanday yangiliklar bor?
- Albatta, tarkibda o'zgarishlar yuz berdi. O'tgan yili pulkada ishtirok etgan jamoa safidan atiga 4 nafar futbolchi qolgan xolos. Tabiiyki selekciya jarayoniga jiddiy etibor qaratdik.  Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar soni ko'pchilikni tashkil etdi. O'zimiz istagandek chiziqlarni to'ldirishga erishdik.

- Ishqibozlarga tanish bo'lgan futbolchilarni ham ko'rish mumkinmi?
- Ha. O'z vaqtida oliy ligada o'ynagan darvozabon Artur Parvanov, himoyachi Farruh Nurliboev, yarim himoyachi Rustam Azamov. SHuningdek birinchi liga miqyosidagi Eldor Ergashev, Ahror Umarjonov hamda Sarvar Safarovni aytishim mumkin. Ular bilan birgalikda mahalliy yoshlarni tarkibga jalb etdik. Qolaversa o'tgan yili pulka o'yinlarida jamoa sharafini himoya qilgan Alisher Abdullaev, Doston Ibragimov, Akmal Yuldashev va SHoirbek Ro'ziev ham ayni damda biz bilan birga.

- Murabbiylar shtabida sizga kimlar yordam bermoqda?
- Bungacha jamoa natijalariga masul bo'lgan Fayzullo Ahmedov endilikda menga yordam bermoqda. Undan tashqari yaqinda Arslon Tolipovni ham taklif etganmiz.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik to'liq o'zingizning nazoratingiz ostida o'tdi. Aytingchi qoniqish xosil qildingizmi?
- Mavsumga tayyorgarlikni asosan o'z qarorgohimizda o'tkazdik. Fevral oyida Farg'onada bo'lib o'tgan “Hokim Kubogi” turnirida ham ishtirok etdik. Yigitlar bilan jismoniy va taktik jihatlar borasida jiddiy ishladik. O'ylaymanki yig'in rejamiz asosida o'tdi. Jamoa mavsumga tayyor.  

- Jamoada yaratilgan sharoitlar qay darajada?
- Rahbariyat futbol shinavandasi. Futbolni tushunadi. SHu bois ular bizga imkon qadar sharoitlarni yaxshilab borishga xarakat qilmoqda. To'g'ri, sharoitlar supper darajada emas. Lekin muhimi yaxshi tomonga o'zgarish qilinmoqda. Yigitlarning ham ko'ngli to'lmoqda.  

- Bu yil jamoa oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilmoqda?
- Birinchi mavsum rahbariyat oldimizga hech qanday vazifa joriy qilmadi. Joriy yil asosiy etibor Haqquloboddagi yoshlarni tarbiyalashga qaratiladigan bo'ldi. Bu borada ilk qadamni tumanda futbol maktabini ochish bilan tashlandi deyish mumkin. Tumanda anchadan buyon jamoa faoliyat yuritmagani bois yoshlarni bo'y ko'rsatishi to'xtab qolgandek. Endilikda bu borada ish olib borilmoqda. 2-3 yildan so'ng “Norin”ning oldiga aniq vazifalar qo'yilsa yarashadi.  

- Jamoa uy o'yinlarini o'tkazadigan stadion bilan ham tanishib chiqqan bo'lsangiz kerak?
- Ha, albatta. U erda tamirlash ishlari olib borildi. Maydonning xolati asta-sekin yaxshilanib borilmoqda. Asosiysi qarov bor.


Islombek Rustambekov.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика